Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Isroil siyosatini qoʻllab-quvvatlayotgan Argentina prezidenti Xaver Maylini xiyonatkorlikda aybladi. U Maylini “sionistlar laganbardori” va “fashist” deb atadi. Xaver Mayli ham javob qaytardi.

Falastinning dunyodagi eng katta tarafdorlaridan biri boʻlgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Isroil siyosatini qoʻllab-quvvatlayotgan Argentina prezidenti Xaver Maylini xiyonatkorlikda aybladi, deb yozmoqda TRT Haber.

"Xaver Mayli - laganbardor. Mayamiga borib, Isroil davlatining Gʻazoda qilgan ishlarini juda yaxshi deb aytdi. Albatta, u ularning yordamini olishni xohladi. U bundan hazar ham qilmaydi”, - dedi Maduro televidenieda. U Argentika prezidentini oʻz mamlakati shaʻʻnini oyoqosti qilganini taʻʻkidlab,

"Oʻngchilar uni boshqarmoqda va u ularga nima kerak boʻlsa shuni qilmoqda, - deya qoʻshimcha qildi Venesuela rahbari. – Buni nima deb ataysiz? Sharafmi? Mustaqillikmi? Uning shaxsiy pozitsiyasimi? Buning birgina nomi bor – xushomad”.

Maduroning taʻʻkidlashicha, sionizm dunyoda tartibsizlik va zoʻravonliklarni keltirib chiqaradi. “Dunyoda oʻyin qoidalarini kim buzadi? Xalqaro huquqni kim ommaviy ravishda buzmoqda? Sionistik oʻngchilar va oʻng qanot neofashistlar buni Qoʻshma Shtatlar koʻmagida amalga oshirmoqda”, — dedi Venesuela prezidenti.

2023 yil noyabrida Xaver Mayli Argentina prezidenti etib saylanganidan soʻng Maduro “oʻta oʻng neonatsistlar gʻalaba qozondi” deb eʻʻlon qilgan edi. Mayli esa bir necha bor Venesuela rahbarini «diktator» deb atagan va unga qarshi chiqqan partiyalarni «toʻliq» qoʻllab-quvvatlagan.

Mavzuga aloqador