Gollandiya matbuoti 2008 yilda gollandiyalik 36 yoshli Erik van Sabben qanday qilib AQSh va Isroilning Eron yadro dasturiga uyushtirgan sabotaji ishtirokchisiga aylangani boʻyicha surishtiruv oʻtkazdi. Jurnalistik surishtiruvda Erik van Sabbenning maxsus dasturiy taʻʻminotga mashhur Stuxnet virusini kiritib, Eron yadro dasturiga juda katta zarar etkazgani, biroq oradan koʻp oʻtmay avtoavariyada halok boʻlganini aniqladi.

Gollandiyaning Volkskrant nashri xodimlari tomonidan oʻtkazilgan jurnalistik surishtiruvda 2008 yilda qanday qilib 36 yoshli Erik van Sabben AQSh va Isroilning Eron yadroviy dasturini buzish boʻyicha operatsiyasida hal qiluvchi rolʻ oʻynagani aniqlandi.

Surishtiruvda aytilishicha, ushbu shaxs Eron yadroviy majmuasiga kirib borgan va mashhur Stuxnet virusini joylashtirib, mamlakat yadroviy dasturiga putur etkazgan. Gollandiya Bosh razvedka va xavfsizlik xizmati (AIVD) ushbu fuqaroni yollagan, ammo bu haqda hukumatga hech qanday maʻʻlumot berilmagan, deya xabar qiladi Volkskrant nashri ushbu sabotaj boʻyicha ikki yillik surishtiruvdan soʻng.

Bir necha yil oldin Volkskrant Gollandiyaning AIVD va harbiy razvedka xizmatlari ushbu sabotaj operatsiyasida ishtirok etish uchun josus yollagani haqida xabar bergandi. Ammo oʻsha paytda uning eronlik muhandis ekanligiga ishonishgan. Ayni paytda gazeta ishni oʻrganishda davom etdi va ishda qatnashgan oʻnlab odamlar, jumladan AIVD va Ichki ishlar vazirligining 19 nafar xodimi bilan suhbatlashdi.

Ularning gazetaga aytishicha, gollandiyalik Van Sabben Natanz shahridagi er osti yadro majmuasiga kirib, murakkab Stuxnet virusi bilan zararlangan uskunani oʻrnatgan. Gazetaning yozishicha, dasturiy taʻʻminotni ishlab chiqishga 1 mlrd dollardan koʻproq mablagʻ sarflangan. Taxminlarga koʻra, bu koʻp sonli yadro tsentrifugalarining parchalanishiga sabab boʻlgan va yadro dasturini bir necha yilga kechiktirgan.

Gollandiyada bu yangi turdagi kiberqurol amaliyotda qoʻllanganini hech kim bilmas edi, deb yozadi Volkskrant. Jurnalistlarga koʻra, razvedka idoralari Eron yadro dasturini sabotaj qilishda ishtirok etishlarini bilishgan, biroq aynan ularning agenti virusni olib kelganini bilishmagan. "Amerikaliklar bizdan foydalanishdi", degan razvedka manbalaridan biri nashrga.

Tadqiqotchilarning xulosasiga koʻra, Van Sabben mamlakat yadroviy dasturini muvaffaqiyatli sabotaj qilgandan soʻng darhol Eronni tark etgan. Ikki hafta oʻtgach, u Dubaydagi uyi yonida motottsikl halokatida vafot etgan. Volkskrant halokat joyida odamlar bilan gaplashgan va hodisa atay uyushtirilganini boʻyicha biror maʻʻlumot topa olmagan. Biroq AIVD `ning anonim xodimi gazetaga Van Sabben oʻz yordami evaziga "katta badal toʻlaganini" aytdi.

Gazetaning yozishicha, Van Sabben 2005 yilda AIVD tomonidan ishga olingan. Uning texnik tajribasi, mintaqadagi koʻplab aloqalari, jumladan, Eron bilan aloqalari (u allaqachon Eronda biznes bilan shugʻullangan va mamlakatda qarindosh-urugʻlari boʻlgan eronlik ayolga uylangan) uni bu missiya uchun ideal holatga keltirgan.

Uning vafotidan keyin BAAning The National gazetasida chop etilgan maqolada van Sabben Fors koʻrfazi davlati rivojiga muhim hissa qoʻshgan muhandis sifatida maqtalgan. Maqolada u xizmat safari bilan juda koʻp mamlakatlarda boʻlgani, Sudan, Yaman va Sharqiy Afrika bilan birga Eronda ham boʻlgani qayd etilgan. Volkskrant maʻʻlumotlariga koʻra, van Sabben Eronga qilgan ana shunday safarlaridan birida virusni Natanz yadroviy majmuasida ishga tushirgan. Virus van Sabben oʻrnatgan suv nasosida boʻlishi mumkin.

Gollandiyalikning agent operatsiyasidagi roli haqida bilgani yoki yoʻqligi nomaʻʻlum, deb yozadi Volkskrant.

Ushbu surishtiruvdan soʻng Gollandiyaning bir nechta parlament aʻʻzolari operatsiya haqida, jumladan, hukumat va parlament nima uchun bundan bexabar ekanligiga tushuntirish berishni talab qildi. Anonim AIVD rahbarining soʻzlariga koʻra, hukumat potentsial siyosiy inqiroz tufayli operatsiya haqida ataylab xabardor qilinmagan boʻlishi mumkin. 

Mavzuga aloqador