Amerikalik aktrisa Jenifer Lopez falastinliklarga oziq-ovqat va tibbiy yordam uchun 4,5 mln dollar miqdorida xayriya ajratdi.

Ushbu xayriya oziq-ovqat taʻʻminotidan mahrum boʻlgan oilalar va shaxslarni toʻyimli ovqat bilan taʻʻminlashga yordam berib, cheklangan resurslar tufayli etarli darajada yordam bera olmayotgan tibbiyot muassasalarini qoʻllab-quvvatlaydi. 

Oʻz bayonotida Lopes global gumanitar saʻʻy-harakatlarga sodiqligini bildirdi. 

“Falastindagi vaziyat meni qattiq taʻʻsirlantirdi va oʻta muhtojlarga yordam berish uchun qoʻlimdan kelgan barcha ishni qilishga majbur boʻldim. Oziq-ovqat va sogʻliqni saqlashni taʻʻminlash muhim va umid qilamanki, bu hissa [vaziyatni ijobiy tomonga] oʻzgartiradi", – dedi u.

Mavzuga aloqador