Britaniya tele-radio korporatsiyasi (BBC) oʻzining arab xizmatida ishlayotgan 6 nafar muxbiriga nisbatan Isroilga qarshi munosabatda boʻlganlikda ayblab tergov boshladi.

Tergov jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati bilan bogʻliqligi, aniqrogʻi ularning “aybi” Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi va Isroilni tanqid qiluvchi kontentga "layk bosib va ulashish" boʻlgani bildirildi.

Biroq jurnalistlar Qatarda joylashgan Al-Jazira telekanaliga yuborgan xatida ayblovlarni rad etishdi. Jurnalistlar, oʻz navbatida, muassasalarini Isroil foydasiga noxolis yon bosganlikda aybladilar. Rossiyaning Ukrainadagi urush jinoyatlari haqida ikkilanmasdan xabarlar tarqatgan BBC Isroil-Falastin masalasida "tinch aholi masalasida ikki tomonlama standartlar"ni qoʻllagani iddao qilindi.

"BBC Isroilning insoniyatga qarshi jinoyatlariga tanqidiy yondashmagani uchun voqealarni toʻgʻri yoritmadi va shu sababli jamoatchilikka Gʻazoda sodir boʻlayotgan inson huquqlari buzilishini haqida toʻgʻri maʻʻlumot bera olmadi”, deyiladi maktubda.

7 oktabrdan beri minglab falastinliklar oʻldirilganiga diqqat qaratilgan maktubda: "Bu raqamlar tahririyatimiz nuqtai nazarini oʻzgartira oladigan darajaga etishi uchun yana qanchalik oʻsishi kerak?" degan iztirobli savol qoʻyilgan.

Xoʻsh, nega BBC jurnalistlariga qarshi tergov boshladi?

BBC tomonidan tarqatilgan bayonotda 6 nafar xodimi xolislik haqidagi tahririyat qoidalarini buzganlikda gumon qilinib, tergovga yuborilgani aytilgan.

Isroil rasmiy muassasalari tomonidan BBCga "eshittirish siyosatini oʻzgartirish" uchun qilgan bosimidan tashqari yana bir narsa koʻzga tashlanadi...

"CAMERA"

Qoʻshma Shtatlarda 100 mingdan ortiq aʻʻzoga ega boʻlgan Amerika-Isroil Jamoatchilik bilan aloqalar qoʻmitasi (AIPAC) kabi ulkan tuzilma, bundan tashqari, Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi 51 ta turli xil katta-kichik lobbi tashkilotlari mavjud.

Ular orasida Amerika ommaviy axborot vositalariga bosim oʻtkazish va Yaqin Sharq bilan bogʻliq masalalarni yoritishda OAV tahririyatlarini nazorat (tsenzura) qilish uchun masʻʻul boʻlgan Yaqin Sharq yangiliklari va tahlillarini tekshirish qoʻmitasi (“CAMERA”) ham bor.

“CAMERA” oʻz faoliyati “Isroil va Yaqin Sharqni toʻgʻri va muvozanatli yoritishga” qaratilganini iddao qiladi. Xoʻsh, haqiqatan ham shundaymi?

Keling, BBC ochgan tergovga qaytaylik...

BBCning oʻz jurnalistlarini tergovga yuborish haqidagi qarori “CAMERA” tomonidan taqdim qilingan va oʻz veb sahifasida nashr qilgan “BBC muxbirlarining ijtimoiy tarmoqlarda Isroil tinch fuqarolari oʻldirilishini oqlovchi bayonotlar bergani” haqidagi bir hisoboti ortidan qabul qilindi.

Gʻazodagi insoniyat fojiasiga nisbatan "muvozanatli va xolis" siyosat yuritishini daʻʻvo qilgan VVCning nashr siyosati ushbu hisobotdan keyin oʻzgara boshladi.

“CAMERA” qanday tashkilot?

Yaqin Sharq yangiliklari va tahlilini tekshirish qoʻmitasi 1982 yilda Vashingtondagi oʻqituvchi va ijtimoiy xizmatlar xodimi Vinfred Meiselman tomonidan The Washington Post gazetasining Isroil-Livan urushi haqidagi xabarlariga, gazeta muxbiriga va umuman Isroil haqidagi qoralovlarga javob berish uchun tashkil etilgan. Tashkilotga Vashingtonda yashovchi taniqli siyosat arboblari, Senat aʻʻzolari, jurnalistlar, elchilar, nasroniy va yahudiy ruhoniylari kabi mashhur kishilar aʻʻzo boʻldi.

“CAMERA” Gʻarb OAVlari yahudiylar va Isroil haqida chop etayotgan hamma narsani kuzatib boradi. Kasbiy huquqbuzarlik deb hisoblagan kontent haqida ushbu ommaviy axborot vositalarining masʻʻul shaxslari bilan bogʻlanib xabar beradi hamda ularni tuzatishni talab qiladi.

Tashkilot Shimoliy Amerika, Evropa, Isroil, Ispaniya, Janubiy Afrika va Lotin AmerikasidaTalabalarni ish bilan taʻʻminlash loyihasidasturlar orqali talabalarni kursdoshlarigahaqiqatlarnioʻrgatishga undaydigan turli loyihalarni amalga oshiradi. Shu maqsadda tashkilot 1990 yilda universitetlarda Isroilga xayrixoh guruhlar tashkil etishga qaratilganTalabalar shaharchasida “CAMERA” loyihasini ham yoʻlga qoʻydi. Hamda universitetgacha boʻlgan taʻʻlimning barcha bosqichlarida Isroilga qarshi va antisemitizm targʻibotiga qarshi kurashga qaratilgan “CAMERA” taʻʻlim institutiga asos soldi.

Boshqa tomondan, tashkilotda koʻrsatuvlarini "muammoli" deb bilgan "The Guardian", "The Independent" va "BBC" kabi muhim media tashkilotlarini kuzatuvchi maxsus boʻlim mavjuddir.

Tashkilotning Arab ommaviy axborot vositalari departamenti BBC, AFP, CNN va boshqa Gʻarb ommaviy axborot vositalarining arab boʻlimlari bilan ham hamkorlik qiladi.

Mavzuga aloqador