Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, muhojirlarga qaratilgan barcha jozibali takliflarga qaramay, Isroil aholisi hamon 10 mlnga etmaydi. Qochib ketayotganlarning Isroil haqidagi fikrlari va bu mustamlakachi davlatga koʻchishni oʻylayotganlarga yomon taʻʻsir qilishi vaziyatni yanada chigallashtirishi mumkin – jurnalist va tahlilchi Adnan Abdurrazzoq maqolasidan.


“Al-Aqso toʻfoni” operatsiyasi Isroilning mavqeiga jiddiy taʻʻsir qildi. 2023 yil 7 oktyabrʻ tongida Isroil xavfsizlik xizmati odamlar ongiga singdirilganidek benuqson ishlamasligi ayon boʻldi. Beqaror vaziyat tufayli koʻpgina kompaniyalar oʻz kapitallarini mamlakatdan olib chiqib ketish payiga tushib qolishdi.

Farovon hayot, barqarorlik va “vaʻʻda qilingan yurtsingari vaʻʻdalar bilan butun dunyodan Falastin erlariga toʻplangan yarim millionga yaqin yahudiylar qochib ketishdi. Bu esa bosqinchi davlat omon qolishi uchun zarur boʻlgan muhojirlar oqimiga zarar etkazdi. Teskari migratsiya xavfidan xabardor boʻlgan Isroil hukumati tarixni soxtalashtirib, yahudiylarni soʻnggi 70 yil ichida uy-joy, ish va moliyaviy yordam bilan taʻʻminlab keldi. U Isroil fuqarolaridan Gʻazodagi falastinliklarga qarshi davom etayotgan urushning 60 mlrd dollardan ortiq xarajatlari yukini olib tashladi. Kuzatuvchilarga maʻʻlumki, Gʻazodagi urush fonida baʻʻzi hududlardagi kichik oʻsishni hisobga olmaganda, soliqlar oshirilmadi.

Isroil hukumati ishgʻol davlatida, shuningdek, bosib olingan Gʻarbiy Sohil, Quddus va Gʻazo sektorida yahudiylarning kamayishi va musulmonlarning koʻpayishi “yahudiy davlati” uchun demografik xavf tugʻdirishini yaxshi bilishadi.

Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, muhojirlarga qaratilgan barcha jozibali takliflarga qaramay, Isroil aholisi hamon 10 mlnga etmaydi. Qochib ketayotganlarning Isroil haqidagi fikrlari va bu mustamlakachi davlatga koʻchishni oʻylayotganlarga yomon taʻʻsir qilishi vaziyatni yanada chigallashtirishi mumkin.

Boshqacha aytganda, Isroil hukumati yahudiy muhojirlarni oʻziga jalb qilish, “vaʻʻda qilingan yurt”ga boʻlgan ishonchni tiklash va yahudiylarni oʻz vatanlariga qaytishga undaydigan qoʻrquvlarni yoʻqotish uchun aldash va yoʻldan ozdirishning yangi usullarini oʻylab topishga majbur. Ayni paytda, Isroildagi oʻta oʻng rejim bosib olingan erning asl egalari – falastinliklarga adolatni taʻʻminlaydigan va Sharqiy Quddusni poytaxti deb biladigan mustaqil davlat tashkil etishni mutlaqo istamaydi.

Isroilning 1950 yildagi Asosiy qaytish qonuni dunyoning istalgan joyida tugʻilgan yahudiylarga mamlakatga koʻchib oʻtish va darhol fuqarolikni olish huquqini beradi.

Ularga bosib olingan Falastin hududlarida noqonuniy qurilgan aholi punktlaridan koʻchmas mulklar vaʻʻda qilingan. “Globes” gazetasining yozishicha, Isroil rejimi mavjud takliflar etarli emasligini va mamlakatni tark etayotgan koʻplab odamlarning migratsiya tendentsiyasini, shuningdek, investorlarni jalb etish zarurligini anglagan holda, joriy oydan boshlab yangi muhojirlar uchun uy-joylarga soliq imtiyozlarini eʻʻlon qildi.

Yangi muhojirlar narxi ikki million shekeldan past (546 142 dollar) boʻlgan uylar uchun soliq toʻlamaydi. Soliq uy-joyning bahosi ikki million shekeldan oshsa, atigi 0,5 - 5 foizgacha, olti million shekeldan oshsa, 8 foizgacha koʻtariladi. Ushbu jozibali taklif koʻchmas mulkni sotib olishda soliq qonunchiligida nazarda tutilgan chegirmaga qoʻshimchadir.

Vijdonli, qotillik, adolatsizlik va mintaqaviy urush ehtimolini koʻra biladigan har qanday odam Isroilga koʻchib oʻtishdan oldin yaxshilab oʻylab, keyin qaror qabul qiladi. Ijtimoiy adolat oʻrnatilgan boshqa mamlakatlarda kapitalga ega munosib odamlar yaxshi qabul qilinadi. Shunday ekan, ular nega aynan Isroilni tanlashi kerak?

Isroil immigratsiya idorasi taqdim etgan statistik maʻʻlumotlarga koʻra, oʻtgan yilning 7 oktyabridan 29 noyabrigacha Isroilga kelgan muhojirlar soni ikki baravarga kamaygan. “The Times of Israel” nashrining xabar berishicha, yarim million kishi ishgʻol davlatini tark etib, qaytib kelmagan. Mazkur holat sionistlar rejimiga nisbatan ishonch kamaygani va aholi sonining qisqarb borayotganini bildiradi.

“Saksoninchi oʻn yillikning laʻʻnati” haqidagi bashoratlar esa aparteid davlati boʻlgan Isroilni tahlikaga solmoqda.

Adnan Abdurrazzoq, jurnalist, tahlilchi

 

Mavzuga aloqador