Isroillik yozuvchi va siyosatchi Avi Lipkin Makka, Madina va Sinay togʻi bosib olinganidan soʻng Isroil chegaralari Livandan Saudiya Arabistonigacha choʻzilishini aytdi.

Isroillik yozuvchi va siyosatchi Avi Lipkin ijtimoiy tarmoqlardagi videosida Makka, Madina va Sinay togʻi bosib olinganidan soʻng Isroil chegaralari Livandan Saudiya Arabistonigacha choʻzilishini aytdi.

"Chegaralarimiz oxir-oqibat Livandan Sahroi Kabirgacha, yaʻʻni Saudiya Arabistoni Qirolligigacha, soʻngra Oʻrta dengizdan Furotgacha va boshqa tomonga kengayadi, deb ishonaman, Furotda kurdlar bor, kurdlar esa bizning doʻstlarimiz”, - dedi u.

“Demak, orqamizda Oʻrta dengiz, oldimizda kurdlar va Isroilning himoya soyaboniga muhtoj boʻlgan Livan bor va shundan keyin Makka, Madina va Sinay togʻini olib, u joylarni tozalash uchun harakat qilamiz”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Lipkinning bayonotlari aslida isroillik strategik jurnalist Oded Yinon tomonidan 1980-yillarda yozilgan va sionizm asoschisi Teodor Hertslning qarashlariga asoslangan Yaqin Sharq uchun sionistik reja” nomli “Yinon hujjati”ga mos keladi.

1982 yil fevralʻ oyida birinchi marta nashr etilgan hujjat "Buyuk Isroil"ni yaratishga qaratilgan boʻlib, Isroilning amaldagi bosh vaziri Binʻyamin Netanyaxu, shuningdek, Isroil armiyasi va razvedka muassasalari timsolidagi sinonistik kuchlarning bugungi siyosati asosini ifodalaydi.

Yinon Isroilning sobiq bosh vaziri Ariel Sharonning sobiq maslahatchisi, shuningdek, Isroil Tashqi ishlar vazirligidagi faoliyatidan tashqari, The Jerusalem Post gazetasida ham jurnalist boʻlgan.

Reja arab mamlakatlarini zaiflashtirish va keyinchalik sionistik ekspantsionistik (bosqinchilik) loyiha doirasida ularning boʻlib tashlanishini maqsad qilgan. Hujjatga koʻra, “Buyuk Isroil” tarkibiga Livan, Suriya, Iordaniya, Iroq, Misr va Saudiya Arabistonining bir qismi kiradi.

Hujjatda  Isroil mintaqada oʻz ustunligini taʻʻminlash uchun bir qancha proksi-davlatlar (oʻzi tayinlagan oʻyinchoq hukumatlar boshqaradigan – tahr.) yaratadi.

Mavzuga aloqador