Oʻnlab isroillik askarlar Gʻazoda “Sarayya al-Quds” (“Islom jihodi” harbiy qanoti) «Shimoliy» batalʻonining sobiq rahbari Baha Abu Al-Atayyaning uyida “gʻoliblik” suratiga tushish chogʻida halok boʻldi, deya xabar bermoqda Falastin OAVlari.

Qayd etilishicha, Gʻazodagi jangchilar dushman tashrifini oldindan tahmin qilib, uyni minalashtirib qoʻyishgan. Isroil askarlarining katta guruhi bino ichiga kirishi bilanoq kuchli portlash sodir boʻlgan. Isroilliklar vayronalar ostida qolgan.

Xuddi shu kuni «Al-Qassam» brigadasi (Hamasning harbiy qanoti) jangchilari Shujayyada Isroilning ettita texnikasi, bir tanki va zirhli transportyori, dushman harbiylari bilan birga yoʻq qilingani, shuningdek, harbiy oʻljalar qoʻlga kiritilganini maʻʻlum qildi.

Bundan tashqari, Jebaliyadagi qochqinlar lagerida, Falastin tomoniga koʻra, kamida 11 nafar, Xon-Yunisdagi pistirmada kamida 10 nafar, boshqa otishmalarda yana 23 nafar Isroil askari halok boʻlgani aytildi.

Ayni paytda, Isroil armiyasi kecha faqat oʻn nafar askarining halok boʻlganini tan oldi. Bundan tashqari, Isroil OAVlari Linson, Tel Xashomer, Volfson va Soroka aholi punktlaridagi toʻrtta yirik kasalxona Gʻazodagi “juda ogʻir fojia” paytida yaralanganlarni qabul qilish uchun tayyorlanganini yozmoqda. 

Mavzuga aloqador