Isroil armiyasining Gʻazo shahridagi koʻchirilganlar boshpana topgan maktabga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 100 nafar falastinlik halok boʻldi, oʻnlab kishilar yaralandi.

Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga koʻra, Isroil armiyasi Gʻazo sharqidagi Ed-Derak tumanida koʻchirilganlar boshpana topgan Et-Tabiin maktabiga hujum qildi.

Minglab odamlar boshpana topgan maktabda bomdod namozini oʻqiyotgan paytda sodir boʻlgan hujumda kamida 100 kishi halok boʻldi, oʻnlab kishilar tan jarohati oldi.

Mahalliy manbalarning qayd etishicha, jasadlar hujum tufayli parchalarga boʻlingan va yongʻin tufayli yonib ketgan. Fuqarolik mudofaa guruhlari atrofga sochilib ketgan jasad qismlarini toʻplashda qiynalgani bildirildi.

Isroil armiyasi havo kuchlari HAMAS Tabin maktabidan shtab-kvartira sifatida foydalanganini iddao qildi.

Mavzuga aloqador