Eron 2025 yilning martiga qadar 2 million noqonuniy muhojirni, ularning qariyb barchasi afgʻonlar, mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda. Norasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, Eronda 5 millionga yaqin afgʻon boʻlib, ularning koʻpchiligi noqonuniy muhojirlardir. Oʻz navbatida, “Tolibon” deportatsiya qilingan vatandoshlarni uy-joy va ish oʻrinlari bilan taʻʻminlash masalasini koʻrib chiqmoqda.

Eron 2025 yilning martigacha 2 millionga yaqin noqonuniy muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda. Norasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, Eronda 5 millionga yaqin afgʻon boʻlib, ularning koʻpchiligi noqonuniy muhojirlar hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor organlar bilan mamlakatdagi noqonuniy migratsiya muammosini hal qilish choralarini koʻrishga harakat qilmoqda.

“Joriy yil oxirigacha (Eron taqvimi boʻyicha 2025 yil marti) mamlakatdagi koʻp sonli noqonuniy xorijiy fuqarolarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqdamiz”, dedi hukumat vakili.

Eronga afgʻonistonlik qochqinlar oqimi 1979 yilda Sovet Ittifoqi Afgʻonistonga bostirib kirgandan keyin boshlangan hamda Amerika ishgʻoli, fuqarolar urushlari va beqarorlik tufayli qariyb 42 yil davom etgan.

Prezident Masud Pezeshkian oʻzining saylov kampaniyasi chogʻida noqonuniy muhojirlar giyohvandlik va ish bilan taʻʻminlash kabi jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotgani va ular bilan bogʻliq muammoni hal etish niyatida ekanini bildirgandi. Ayni paytda Eron Afgʻoniston bilan chegarasida 930 kilometr uzunlikdagi devor qurishni boshlagan. Ichki ishlar vaziri Iskandar Moʻminiy ham 6 sentyabrʻ kuni noqonuniy muhojirlar koʻplab muammolarni keltirib chiqarayotgani va tez orada deportatsiya qilinishini aytdi.

Oʻz navbatida, “Tolibon” Erondan chiqarib yuboriladigan afgʻon qochqinlarini joylashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda qaytganlarni ish bilan taʻʻminlash, uy-joyi boʻlmaganlarga er ajratish, tadbirkorlik faoliyati uchun sharoit yaratish boʻyicha qarorlar qabul qilindi.

Mavzuga aloqador