Eron oʻz kosmik dasturini faol rivojlantirib, ilk astronavtini 2028 yilda koinotga joʻnatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Eron Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi rahbari Iso Zarepurning taʻʻkidlashicha, koinotga astronavt joʻnatish oʻtgan yili tasdiqlangan kosmik sohani rivojlantirish boʻyicha 10 yillik rejada koʻzda tutilgan.

“Oʻtgan haftada mamlakatning yangi avlod biokapsulasi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilganidan soʻng, mamlakatning 10 yillik kosmik sanoati rejasiga muvofiq, biz yakuniy maqsadga erishgunimizcha qadamma-qadam olgʻa boramiz", - deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Eron koinotda tirik organizmlar xavfsizligini taʻʻminlash imkoniyatini sinab koʻrish maqsadida “Salman” raketa-tashuvchisi orqali koinotga biologik kapsulani uchirgani bu boradagi ilk qadamlardan biri boʻldi.

 

Mavzuga aloqador