Hindiston kamida 35 nafar fuqarosi ishga yollanish vaʻʻdasi bilan Rossiya armiyasiga jalb etilgani, maxsus harbiy tayyorgarlikdan soʻng Ukrainadagi urushga joʻnatilganini maʻʻlum qildi. Mamlakatning Moskvadagi elchixonasi ushbu fuqarolardan birining urushda halok boʻlganini bildirdi. Nepal ham 14 fuqarosi Rossiya armiyasi safida urushib, halok boʻlganini tasdiqladi.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi oʻz fuqarolari ishga yollash vaʻʻdasi bilan Rossiya armiyasiga jalb etilayotganini daʻʻvo qilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Randxir Jaysval oʻz vatandoshlarini Rossiya armiyasida “yordamchi ishlarni” taklif qilayotgan vositachilarga «aldanmaslikka» chaqirdi.

Diplomatning aytishicha, ular ish vaʻʻdasi bilan Rossiyaga jalb qilingan oʻz fuqarolarini qaytarish boʻyicha Moskva maʻʻmuriyati bilan muzokaralar olib bormoqdalar.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 20 nafar hindistonlik oʻz hukumatiga murojaat qilib, turistik maqsadda Rossiyaga borgani va ular maxsus tayyorgarlikdan soʻng Ukrainadagi urushga yuborilganini taʻʻkidlab, yordam soʻragani videosi tarqalgan edi.

Payshanba kuni Hindiston Markaziy tergov byurosi (MTB) kamida 35 hindistonlik agentlar orqali Rossiyaga olib ketilganini eʻʻlon qildi.

SBI ular jangovar tayyorgarlikdan oʻtganliklarini va ularning xohishlariga qarshi Rossiya-Ukraina urushiga joʻnatilganliklarini taʻʻkidladilar.

Hindistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya tomonida jang qilgan bir hindistonlik fuqaro halok boʻlganini tasdiqladi.

Boshqa tomondan, Nepal Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashish uchun tayyorgarlikdan oʻtgan 14 nafar fuqarosining oʻlimi haqida ham maʻʻlumot oʻrtoqlashdi va Rossiya rasmiylaridan jangovar harakatlarda qatnashish uchun oʻqitilgan yuzlab fuqarolarini ozod etishni talab qildi.

Mavzuga aloqador