Hindiston turk kemasozlik kompaniyalari bilan harbiy-dengiz kuchlariga 5 ta kema etkazib berish boʻyicha 1,5-2 milliard dollarlik kelishuvni bekor qildi. Bunga Turkiyaning Pokiston bilan hamkorligi va Kashmir masalasida Hindistonga qarshi pozitsiyasi sabab boʻlishi mumkin.
Hindistonning Hindustan Shipyard Limited kompaniyasi harbiy-dengiz kuchlari uchun 5 ta yordamchi kema qurilishida ishtirok etishi kerak boʻlgan turk kompaniyalari bilan kelishuvni bekor qildi. Bu haqda India Today nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur qaror Turkiyaning Pokiston bilan hamkorligi va Kashmir masalasida Hindistonga qarshi pozitsiyasi fonida qabul qilingan. Endilikda kemalarni Hindistonning oʻzi mustaqil tarzda qurmoqchi. 
2023 yil avgustida imzolangan kelishuv qiymati 1,5-2 milliard dollarga baholangan boʻlib, 2027 yil oʻrtalaridan boshlab Hindiston harbiy-dengiz kuchlariga 5 ta flotni qoʻllab-quvvatlovchi kemalarni etkazib berishni nazarda tutardi.
Suv sigʻimi 40 ming tonnadan ortiq boʻlgan ushbu kemalar Hindiston harbiy-dengiz kuchlari imkoniyatlarini kengaytirishda hal qiluvchi rolʻ oʻynashi aytilmoqda. 

Mavzuga aloqador