Isroilning Haaretz gazetasi yaralangan askarlar soni boʻyicha Isroil armiyasi oshkor qilgan raqamlar bilan shifoxonalardan olingan maʻʻlumotlar oʻrtasida farq borligi haqida xabar berdi, deya yozmoqda Anadolu.

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari chogʻidagi harbiy yoʻqotishlarni yashirganini iddao qilgan nashr yaralangan isroillik askarlarning haqiqiy soni Isroil armiyasi oshkor etgan raqamlardan qariyb uch barobar koʻproq ekanini yozdi.

Xabarda 7 oktyabrdan buyon birgina Barzilay kasalxonasida 1949 nafar yaralangan askarning davolangani bildirildi.

Yana 178 nafar askar Ashdoddagi Assuta, 148 nafari Tel-Avivdagi Ichilov, 181 nafari Hayfadagi Rambam, 209 nafari Quddusdagi Hadassa, 139 nafari Shaaare Tzedek kasalxonalarida davolangani qayd etildi.

Bundan tashqari, Haaretz, toʻqnashuvlarda yaralangan kamida 1000 askarning Beer-Shevadagi “Soroka tibbiyot markazida davolanayotgani va kamida 650 askar Tel Hashomerdagi kasalxonalarga olib ketilgani haqida maʻʻlumot olganini yozdi.

Taʻʻkidlash joizki, Isroil armiyasi 26 oktyabrʻ kuni matbuotga yoʻllagan maktubi bilan Gʻazo haqidagi xabarlarni tsenzura qilishni boshlagan. Isroil armiyasining Gʻazo va Livan chegarasida oʻlgan askarlari bilan bogʻliq raqamlar ham shubha bilan kutib olindi. Falastin qarshilik guruhlari ham, Livan Hizbullohi ham Isroilning yoʻqotishlari eʻʻlon qilinganidan ancha yuqori ekanligini eʻʻlon qildi. Bu davrda armiya hujumlar boshidan beri jarohatlangan askarlar soni haqida matbuot tomonidan soʻralgan maʻʻlumotni oshkor qilishdan bosh tortdi.

Jumladan, Isroilning 12-kanal televideniesi muxbiri Gʻazo sektorining shimolidagi Asqalan shahridagi Barzilay kasalxonasidan jonli efirda efirga uzatar ekan, tsenzura tufayli bu erga olib kelingan askarlarning ahvoli haqida maʻʻlumot bera olmasligini aytdi.

Isroil armiyasi 10 dekabrʻ kuni mamlakat ommaviy axborot vositalarida jarohatlangan askarlar soni haqidagi xabardan soʻng bayonot berishga majbur boʻlib, 7 oktyabrdan beri 425 askar, ulardan 97 nafari Gʻazoda quruqlikdagi hujumlarda halok boʻlgani va 1593 askar yaralanganini eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador