Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 320 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Xon Yunis, Rafah va Jabaliyaga hujum qildi. Uzluksiz hujumlar natijasida 52 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 40173 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablus va Xalilga bostirib kirdi. Bir kishi halok boʻldi. Tulkarmda bir bola hibsga olindi.

▪️Gʻazo hukumati: Bosqinchilar 24 soat ichida maktab, bozor, telefon quvvatlash nuqtasi va uylarga hujum qilishdi. Biz natsistlarni va AQShni qirgʻinlar uchun toʻliq javobgar deb bilamiz.

▪️Gʻazoda 25 yil ichida birinchi poliomielit kasalligi qayd etildi, Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligining maʻʻlum qilishicha, Iordaniyadagi testlar Dayr al-Balah shahrida emlanmagan 10 oylik bola kasallikka chalinganini tasdiqladi.

▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Nitsarim oʻqidagi taʻʻminot liniyasini bombaladik, Tal al-Sultanda bosqinchilarning texnikasiga hujum qildik va Rafahda bosqinchilarni portlatib yubordik.

▪️Bir kunda Livandan Isroilga 135 ta raketa uchirildi. Ularning ayrimlari koʻchmanchilarning uy-joylariga tushib, yongʻinlarga sabab boʻldi. Qurbonlar borligi xabar qilindi.

▪️Benʻyamin Netanyaxu: "Bugun tunda kuchlarimiz HAMAS tomonidan oʻgʻirlab ketilgan olti kishining: marhum Abraham Monder, marhum Aleks Danzig, marhum Xaim Perri, marhum Yagav Buchstab, marhum Yoram Metsger va marhum Nadav Popplevel jasadlarini topdi".

▪️Kassam brigadalari HAMAS qoʻlida saqlanayotgan isroillik mahbuslarning fotosuratlarini chop etib, ular bosqinchilar tomonidan oʻqqa tutilishi natijasida halok boʻlganliklarini maʻʻlum qildi.

▪️Bosqinchilar Livan janubidagi Bekaa vodiysiga hujum qildi. 1 kishi halok boʻldi, 19 kishi yaralandi, ulardan 5 nafari bolalar.

▪️33 falastinlik mahbus Isroil qamoqlaridan ozod qilindi. Ozod qilinganlarning har birida qattiq qiynoqlar va kuchli charchoq alomatlari bor.

 

Mavzuga aloqador