Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 311 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Rafah va Gʻazo markaziga hujum qildi. 24 soat ichida 22 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 39790 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Ramallah, Xalil, Baytlahm, Nablus, Jeninga bostirib kirdi. Jeninda qarshilik kuchlari bosqinchilar bilan jang qildi.

▪️Iordan vodiysida Al-Qassam brigadalari bir sionist askarini yoʻq qildi. U avvalroq Gʻazoda jang qilgan. Operatsiya maktabdagi odamlarning oʻldirilishiga javob boʻldi.

▪️Bugun tongda Hizbulloh Isroil shimolidagi 8 ta shaharga 30 ta Katyusha raketalarini uchirdi. Nahariyadagi 146-bosqinchi diviziyaning shtab-kvartirasi zarbaga uchradi.

▪️HAMAS vositachilarni yangi muzokaralar oʻtkazish oʻrniga avval Bayden tomonidan ilgari surilgan oʻt ochishni toʻxtatish rejasini taqdim etishga chaqirdi.

▪️Evropa Ittifoqi rahbari Smotrich va Ben-Gvirga qarshi “harbiy jinoyatga chaqiriqlar” tufayli sanktsiyalar joriy qilishni talab qildi.

▪️AQSh “Avraam Linkoln” suv osti kemasi va samolyot tashuvchi kemasini Yaqin Sharqqa koʻchirishga buyruq berdi.

▪️TsAXAL oʻz askarlariga Eronning qarshi javob choralarini qoʻllashidan qoʻrqib, Gruziya va Ozarbayjonga borishni taqiqladi.

▪️Xitoy Tashqi ishlar vazirligi: Eronning oʻz suvereniteti va xavfsizligini himoya qilishini qoʻllab-quvvatlaymiz.

▪️Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kantsleri Olaf Sholʻts va Britaniya bosh vaziri Key Starmerning qoʻshma bayonotida zudlik bilan Gʻazoga insonparvarlik yordami koʻrsatilishi kerakligini taʻʻkidlandi.

▪️Britaniya qirollik dengiz flotining koʻplab desant kemalari va 1000 dan ortiq maxsus qoʻshin askarlari Qibrisning (Kipr) yunon qismi qirgʻoqlarida yigʻilmoqda. 

Mavzuga aloqador