HAMASning Gʻazo shimoli va markazidagi harbiy batalʻonlari oʻn oylik Isroil hujumlariga qaramasdan, jangovar salohiyatining bir qismini tikladi. Tegishli maʻʻlumotlar Urushni oʻrganish instituti, Amerika tadbirkorlik institutining “Kritik tahdidlar” loyihasi va CNN qoʻshma hisobotida keltirilgan.

24 iyulʻ kuni Kongressning qoʻshma majlisida soʻzga chiqqan Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu HAMAS ustidan «Gʻalaba yaqin” ekaniga ishontirgandi, biroq harbiy ekspertlar boshqacha fikrda.

HAMASning harbiy amaliyotlarini erdan olingan tasvirlar, ekspertlar va guvohlar bilan suhbatlar asnosida oʻrganishlar Isroil rahbarining daʻʻvolarini shubha ostiga qoʻyadi. Iyulʻ oyigacha HAMAS faoliyatini qamrab olgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, Falastin harakati erdagi kamayib borayotgan resurslardan unumli foydalanmoqda.

“Isroilliklar tozalangan hududlar haqida gapirishadi, lekin ular bu hududlarni toʻliq tozalashmagan, ularni [HAMAS arslonlarini – tahr.] umuman engishmagan. HAMAS jang qilishga tayyor, HAMAS jang qilishni xohlaydi”, - dedi “Kritik tahdidlar” loyihasining Yaqin Sharq boʻyicha eksperti va Urushni oʻrganish instituti bilan HAMAS va Isroil oʻrtasidagi harbiy faoliyat namunalari boʻyicha qoʻshma tadqiqot direktori Brayan Karter.

Ekspertlarning xulosalariga koʻra, HAMASning qamal ostidagi eksklav shimoli va markazida 8 ta toʻliq quvvat bilan ishlayotgan va 13 ta tanazzulga uchragan batalʻoni mavjud.

Hisobot uchun intervʻyu bergan amerikalik harbiy ekspertlar Isroilning shafqatsiz bombardimon kampaniyasi va urushdan keyingi rejaning yoʻqligi HAMASning harbiy qayta tiklanishiga yordam berganini aytishdi.

"Biz yanvarʻ oyida Isroil Gʻazo shimolidan chiqib ketganidan keyin bir hafta oʻtmay HAMASning qayta tiklanishini koʻra boshladik", - dedi Karter.

Iyulʻ oyi oʻrtalarida Isroilning The Times of Israel gazetasi Isroil armiyasi hisobotining mazmunini eʻʻlon qildi, unda HAMAS toʻqqiz oylik urushga qaramay, oʻz harbiy infratuzilmasining katta qismini saqlab qolgani va Falastin harakatining tunnellar tarmogʻi hali ham yaxshi holatda faoliyatini davom ettirayotgani aytiladi.

Eslatib oʻtamiz, yanvarʻ oyida Isroil armiyasi HAMASning Gʻazodagi tunnellar tarmogʻi uzunligi 350 dan 450 milyagacha boʻlgan, bu “taxmin qilinganidan ancha katta” deb hisoblagan edi. Mudofaa vazirligi vakilining Isroil gazetasiga aytishicha, tunnellarni demontaj qilish yillarga choʻzilishi mumkin.

Mavzuga aloqador