Ishgʻol ostidagi Gʻazo sektori janubida roʻy bergan toʻqnashuvlarda Isroil armiyasi zobiti halok boʻldi. Bu haqda 14 dekabrʻ, payshanba kuni Isroil armiyasi xabar berdi.

Ayni vaqtda Isroilning KAN davlat televideniesi 8104-batalʻondan 38 yoshli mayor Elisha Levenshtern halok boʻlganini maʻʻlum qildi.

Shunday qilib, 27 oktyabrʻ kuni Gʻazo sektoriga quruqlikdan hujum boshlanganidan buyon halok boʻlgani rasman tan olingan Isroil askarlari soni 116 nafarga etdi, 619 nafari yaralandi.

7 oktyabrdan buyon esa Isroilning 445 askari halok boʻldi, 1704 nafari yaralandi.

Bir kun avval Isroil armiyasi Falastin anklavining shimolidagi toʻqnashuvlarda oʻn nafar harbiy xizmatchi, jumladan besh zobit halok boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga aloqador