Hindiston Kashmiridagi Minpur shahrida dunyodagi eng katta qoʻlda yozilgan Qurʻʻon ommaga taqdim etildi, deb xabar bermoqda Aaj.TV.

Uzunligi 12,5 metr va eni qariyb 3 metr boʻlgan noyob qoʻlyozma xattot Pir Imtioz Haydar Shoh Nuroniy Mujadadiy tomonidan yozilgan. Urducha izohli arabcha matn yaratish uchun kotibga 425 kun kerak boʻldi.

Fayoz ushbu ulkan Qurʻʻonni yaratishdan maqsadi nafaqat diniy eʻʻtiqodlarini eʻʻzozlash, balki kashmirliklarning mahalliy madaniyati va hunarmandchiligini ham targʻib qilish ekanini taʻʻkidladi. U oʻz ijodi yosh avlodni anʻʻanaviy sanʻʻat va matonatning qadriga etishga undaydi, degan umidda.

Koʻrgazma butun dunyodan minglab tashrif buyuruvchilarni oʻziga tortdi, ularning koʻpchiligi ushbu durdona asar ortidagi koʻlam va saʻʻy-harakatlardan hayratda ekanligini bildirishdi.

Avvalroq Pokistonning koʻplab shaharlarida gʻayrioddiy Qurʻʻon namoyish etilgan va bu anʻʻana birinchi marta Kashmirga etib keldi.

Pokiston Qurʻʻon qoʻlyozmalarini yaratish sanʻʻati bilan mashhur. Jumladan, 2018 yilda pokistonlik ayol Nasim Axtar matoga Qurʻʻon matnini tikishni yakunladi. U oʻz ishini 1987 yilda boshlagan va 31 yildan keyin tugatdi. Ayolning soʻzlariga koʻra, u tahoratda va bomdod namozidan keyin oyat matnlarini naqshlagan. Nasim Axtar oʻzining noyob asarini Madinadagi Qurʻʻoni karim muzeyiga sovgʻa qildi.

Mavzuga aloqador