Jazoir BMT Xavfsizlik kengashidan Gʻazodagi ommaviy qabrlarni muhokama qilishni talab qildi Jazoir tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan yopiq yigʻilishda BMT Xavfsizlik kengashi Gʻazo sektoridagi ommaviy qabrlar mavzusini muhokama qilishi mumkin, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xavfsizlik kengashidagi manba. Qayd etilishicha, muhokama kelasi seshanba kuni boʻlib oʻtishi mumkin. Avvalroq favqulodda xizmatlar Isroil armiyasi tomonidan qoʻlga olingan Xon Yunisdagi Nosir kasalxonasi hududida zoʻravonlik va qiynoqlar izlari boʻlgan 400 ga yaqin jasadni aniqlagan edi. Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, halok boʻlganlarning koʻpchiligi tiriklayin koʻmilgan. Guvohlarning taʻʻkidlashicha, oʻlganlarning jasadlari qurilish qoldiqlari bilan aralashib ketgan, bu esa isroilliklarni barcha izlarni yashirishga uringanlikda gumon qilishga asos beradi. Isroil oʻziga xos tarzda barcha ayblovlarni rad etib, dafnlarni falastinliklar oʻzlari amalga oshirganini daʻʻvo qilmoqda.

Mavzuga aloqador