5 musulmon davlati Isroil portlarida toʻxtab, yuk qabul qiladigan yoki Isroil portlariga yuk olib oʻtadigan kemalarni oʻz qirgʻoqlariga kiritmaslikka qaror qilishi mumkin. B uhaqda Yeni Shafak nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 5 ta davlat Isroil portlariga kiruvchi kemalarning oʻz qirgʻoqlaridan Isroil portlariga yuk olib yoki yuk tashishiga ruxsat bermaslik gʻoyasini muhokama qilmoqda.
Turkiyaning Isroil bilan eksport-import operatsiyalarini toʻxtatish qarori avvalroq Gambiya poytaxti Banjulda boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkilotining XV sammiti ishtirokchilarining kun tartibida edi.

Isroilning Gʻazo sektoridagi genotsidini toʻxtatish va mintaqaga gumanitar yordam etkazilishini taʻʻminlash uchun koʻp qadam tashlagan Anqara boshqa poytaxtlarni ham ilhomlantirdi.

Islom hamkorlik tashkilotiga 57 ta aʻʻzo, jumladan, yahudiy davlati bilan chegaradosh Livan, Suriya, Iordaniya va Misr kiradi. Isroil bilan savdoni toʻxtatishda mintaqaviy iqtisodiyotda muhim rol oʻynaydigan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va Iroqning pozitsiyalari ham muhim ahamiyatga ega.

Koʻrfaz bilan chegaradosh mamlakatlardagi portlar Uzoq Sharqdan yahudiy davlatiga yuklarni etkazib berishning asosiy nuqtalari hisoblanadi. Ularning yopilishi Isroil iqtisodiyotiga jiddiy zarba berishi mumkin, deyiladi xabarda.

Husiylarning Isroil portlariga kirib-chiqib kelayotgan yuk kemalariga hujumlari uzoq vaqtdan beri Tel-Aviv va uning gʻarbiy qoʻllab-quvvatlovchilarini tashvishga solib kelgan. Turkiya tomonidan zoʻravonliksiz iqtisodiy sanksiyalar joriy etilgandan soʻng Tel-Avivga etkazilgan zarar koʻproq tilga olinmoqda.

AQSh va Evropa ommaviy axborot vositalari tomonidan yaqindan kuzatilgan Turkiyaning bu harakatlari baʻʻzi Afrika davlatlarini ham ragʻbatlantirmoqda. Bu Isroilni yanada katta tashvishga soladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan oy Anqara Isroilga mingdan ortiq tovardan iborat 53 guruh tovar sotishni toʻxtatgan edi.

Mavzuga aloqador