31.12.2024 19:01
Rajab oyining fazilatlari
Arab tilidagi “rajab” soʻzi “ulugʻlash”, “hurmatlash” maʻʻnolarini ifoda etadi.
Rajab oyi qanday oy?
Rajab oyi – Alloh taolo urush qilishni harom qilgan (zulqaʻʻda, zulhijja, muharram, rajab kabi) oylardan biridir.
Rajab oyida qanday tarixiy voqealar yuz bergan?
Er yuzini suv bosgan toʻfonda Nuh alayhissalom kemaga rajab oyining birinchi kuni mingan;
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ilk vahiy rajab oyida nozil boʻlgan;
Mashhur qavlga koʻra, Isro va Meʻʻroj voqeasi rajab oyida sodir boʻlgan.
Rajab oyining qanday fazilatlari bor?
Rajab oyi barakali va ulugʻ oy boʻlib, undagi ozgina yaxshi amal evaziga koʻplab ajru savoblar beriladi. Ibodatlar qabul va duolar ijobat boʻladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Besh kecha borki, unda duolar rad etilmaydi: rajab oyining avvalgi kechasi; shaʻʻbon oyining yarmidagi kecha; juma kechasi; fitr kuni kechasi va qurbonlik kechasi” (Ibn Asokir rivoyati).
Rajab oyini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday oʻtkazganlar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rajab oyida roʻza tutganlar. Usmon ibn Hakimdan rivoyat qilinadi: “Saʻʻid ibn Jubayrdan rajab oyida turganimizda rajab roʻzasi haqida soʻradim. U: “Ibn Abbosning: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam roʻza tutar edilar, hatto ogʻizlarini ochmasalar kerak, der edik. Ogʻizlari ochiq boʻlardi, hatto roʻza tutmasalar kerak, der edik”, deyayotganini eshitganman”, dedi”.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rajab oyida koʻp istigʻfor aytishga targʻib qilganlar. Sayyidul istigʻfor: “Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vaʻʻdika mastatotu aʻʻuzu bika min sharri ma sonaʻʻtu, abuu laka biniʻʻmatika alayya va abuu bizambiy fagʻfirliy fainnahu la yagʻfiruz zunuba illa anta”.
Rajab oyi kirganda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Allohumma barik lana fi rajabin va shaʻʻbana, va balligʻna ramazona” (“Yo Alloh, rajab va shaʻʻbon oylarida bizlarga baraka ato qilgin va bizlarni ramazon oyiga etkazgin!”) deb duo qilganlar (Imom Bayhaqiy va Imom Tobaroniy Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan).
Ulamolarimizdan biri: “Rajab shamolga, shaʻʻbon bulutga, ramazon yomgʻirga oʻxshaydi. Kimki rajab oyida ekin ekmasa, shaʻʻbon oyida uni sugʻormasa, ramazon oyida qanday hosil oladi?” degan edi.
Shunday ekan, ramazonda olajak hosilimiz moʻl boʻlmogʻi uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan oʻrnak olgan holda rajab oyida koʻproq solih amallar bilan birga xayrli duolarda ham bardavom boʻlaylik. Alloh taolo rajab va shaʻʻbon oyini barcha moʻminlar uchun xayrli-barakali qilsin va intiq qalblarni sogʻ-salomat Ramazoni sharifga etkazsin!