15.02.2025 17:51
Xitoyliklar Toshkentda "yurish" qildi. Poytaxt bedarvozami?
15 fevralь tongida xitoyliklar hech kimdan soʻramay Toshkentning qoq markazida, boʻlib ham biz uchun ramziy maъnoga ega boʻlgan Milliy bogʻda "Biz kuchlimiz!" deb baqirib yurishibdi. Jamoat joyida bir guruh chet elliklar bayroq koʻtarib, miting qilishib yurisa-yu, bundan hududni qoʻriqlashi kerak boʻlgan Milliy gvardiyaning ham, IIBB va shahar hokimligining ham xabari boʻlmasa...
Har holda Toshkent shahar hokimligi va Milliy gvardiya xodimlari jurnalistlarga ushbu ommaviy tadbirdan xabari yoʻqligini bildirgan.
«Xitoyliklar «Biz kuchlimiz» deyapti. Xitoy studentlari har yili bahor va yoz qanaqadir shiorlarini aytib yurish qilarkan, bu ham shu tadbir boʻlsa kerak» degan hokimlik matbuot xizmati Kun.uz'ga bergan izohida.
Nashrga Milliy bogʻ hududida kun-u tun kirgan va chiqqanlarni tekshirib oʻtiradigan Milliy gvardiya xodimlari ham ushbu ommaviy tadbirdan bexabar ekanini maъlum qilgan. Shuncha odam yigʻilganini xavfsizlik xodimlari bilishmasa, unda u erda nima qilib yuribdi, dersiz.
Ushbu hodisa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab boʻlganidan keyingina Toshkent shahar IIBB hodisani oʻrganib, tegishli chora koʻrish oʻrniga ushbu “yurish”ni oqlab bayonot berdi. Goʻyoki, “Huawei” kompaniyasining ishchilari doimgidek shanba va yakshanba kunlari yugurish aktsiyasini oʻtkazganmish! Bu bilan ham cheklanmay, yurtimizdagi idora-tashkilotlarni ham undan oʻrnak olishga chaqirgan. Ammo tarqalgan lavhalardan koʻrinib turganidek, Milliy bogʻda sodir boʻlgan hodisa yugurish aktsiyasi emas, aynan miting, namoyish xarakteriga ega edi.
Maъlumot uchun, Oʻzbekiston respublikasining "Mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlar toʻgʻrisidagi" qonunida "Miting, yigʻilish va namoyishlar oʻtkazish uchun majburiy tartibda ruxsat olish lozim. Ariza joylardagi ijro hokimiyati organiga yozma yoki elektron shaklda ijtimoiy faollik oʻtkazilishigacha 30 ish kunidan kam boʻlmagan muddatda taqdim etilishi lozim.
Miting, yigʻilish va namoyishlar faqatgina ijro hokimiyati organi tomonidan ajratilgan maxsus joylarda oʻtkaziladi.
Miting, yigʻilish va namoyishlarda faqatgina 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok eta oladi".
Miting, yigʻilish va namoyishlarda faqatgina 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok eta oladi".
Demak, bu ishda sovuqqonlikka yoʻl qoʻygan "bexabarlar" shubhasiz jazolanishi kerak. Zero, qonun barchaga barobar, hatto xorijlik shaxs uchun ham, mamlakatimiz sarhadlari ichida ushbu qonunlarga boʻysunishga majbur!
Agar miting qilayotgan xitoyliklar oʻrnida oʻzimizning qorakoʻzlar boʻlganida, nima boʻlishini hammamiz yaxshi bilamiz.
Koʻramiz, jurnalist, blogerlar va oddiy xalqqa kuchini koʻrsatadigan tegishli organlar ularni jazolay olarmikan!
Soʻzimiz soʻnggida mutasaddilardan quyidagi savollarimizga javob kutamiz:
Xoʻsh, xitoyliklar mitingidan koʻzlangan maqsad nima edi?
Xoʻsh, xitoyliklar mitingidan koʻzlangan maqsad nima edi?
Bayroqlardagi yozuvlar nimani anglatadi?
Xitoy bunday tadbirlarni oʻtkazishi odatiymi?
Xitoy bunday tadbirlarni oʻtkazishi odatiymi?
Bizning razvedka xizmatimiz nega oldini ololmadi?
Nega mutasaddilar bu holatga koʻz yumishmoqda?