17.01.2025 06:42

Turkiyada qoʻlbola aroqdan zaharlanish oqibatida 33 kishi vafot etdi

Istanbulda qalbaki alkogoldan zaharlanish oqibatida 33 kishi vafot etdi

Istanbulda oxirgi 96 soat ichida soxta spirtli ichimliklardan zaharlanish sababli 88 kishi shifoxonalarga yotqizildi. Rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, turli tumanlardagi tibbiyot muassasalariga murojaat qilganlar orasida 33 nafar bemor hayotdan koʻz yumgan. Davolanishni davom ettirayotgan 48 bemordan 29 nafari ogʻir ahvolda reanimatsiya boʻlimida intubatsiya qilingan holda saqlanmoqda.

Shuningdek, 4 kishi davolanishni yakunlab shifoxonalardan chiqarildi, 1 bemor davolanishdan bosh tortgan, 2 bemor esa shifoxonani ruxsatsiz tark etgan.

Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi maʻʻlumotlariga koʻra, soxta alkogolʻ isteʻʻmol qilish oqibatida vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 11 nafarga etdi. 16 yanvarʻ kuni Istanbul morgida yana bir fuqaro vafot etgani tasdiqlandi. Ushbu holat 14 yanvarʻ kuni 6 nafar, 15 yanvarʻ kuni esa 4 nafar fuqaroning qoʻlbola spirtli ichimliklar sabab dunyodan koʻz yumganini tasdiqlovchi xabarlardan keyin kelib chiqdi.

Turkiya hukumati soxta alkogolʻ tarqatuvchilariga qarshi qonuniy choralar koʻrishda faol ish olib bormoqda.