Turkiya prezidenti qarorgohida “Asriy taʻʻmlar uchrashuvi: Etti mintaqada Turk oshxonasi” koʻrgazmasi ochildi
Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdoʻgʻon homiyligida 21-27 may Turk oshxonasi haftaligi munosabati bilan prezident qarorgohida “Asriy taʻʻmlar uchrashuvi: Etti mintaqada Turk oshxonasi” dasturi tashkillashtirildi. Koʻrgazmaning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Turkiyaning birinchi xonimi global oziq-ovqat tizimlari natijasida mahalliy oshxonalar tanazzulga yuz tutayotgani, shu bilan birgalikda, jamiyat salomatligiga ham katta xavf vujudga kelayotganini taʻʻkidladi.
Emine Erdoʻgʻon
xonim oʻz nutqida Onadoʻlining ming yillar davomida barpo boʻlgan unumdor oʻlkalariga
toʻxtalib: "Onadoʻli insoniyat, tsivilizatsiya va madaniy taraqqiyotining ilm
banki kabidir. Ilk urugʻlari oʻn minglab yillar oldin erga qadalgan ajdodlar makonidir.
U bir xil tarif bilan ming yillar davomida bir xil osmon ostida, bugungi kunda
esa bir xil tariflar bilan pishirilgan qadimiy retseptlar mamlakatidir", -
dedi.
Ajdodlardan
meros boʻlib qolgan oshxona xazinasi oʻtmish tsivilizatsiyalarining ming yillik
urf-odatlari, Onadoʻli saljuqiylari va Usmonlilarning boy imperatorlik
anʻʻanalarini qorishtirish natijasida dunyoga kelganini taʻʻkidlagan Emine Erdoʻgʻon:
"Asrlar davomida asosda inson boʻlgan tsivilizatsiya gʻoyasi Turk oshxonasining
peshtaxtalarida qayta ishlanib, milliy harakterlarimizni ham shakllantirgan. Tanamiz
kabi qalblarimizni ham birlashtirgan bu dasturxonlar hamjihatlik va baham koʻrish
ruhimizni oziqlantirmoqda. Dunyoga kelishdan oʻlimga qadar, quvonchdan qaygʻuga
qadar bir qancha xotiralarimiz, bu dasturxonlarning xilma-xilligi va
birlashtiruvchi kuchi bilan tojlangan", - deya qayd etdi.
Turk oshxonasi dunyoning mashhur oshxonalari orasida dunyoga juda
kam mazali retseptlarini ochganiga eʻʻtibor qaratgan Emine Erdoʻgʻon: “Maqsadimiz oshxonamizni
dunyoga munosib tarzda tanitish va biz ega boʻlib turgan madaniy boyligimizni
saqlab, kelajakka loyiq holda olib borishdir va shu bilan birga, bizni 2021 yilda qadrli akademiklar va usta
oshpazlar bilan birlashtirdi. “Asriy retseptlar bilan Turk oshxonasi” kitobini nashr etish orqali biz nafaqat oshxona
madaniyatimizni tanishtirdik, balki chiqindisiz va barqaror retseptlarimizni ham
xalqimiz va butun insoniyat manfaati uchun taklif qildik”, - deya maʻʻlumot berdi.
"Mahalliy oshxonalarning asl retseptlarini saqlab qolishimiz
kerak"
Turk oshxonasiga bagʻishlangan 21-27 may haftaligi turk
oshxonasini munosib tarzda targʻib qilish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etganiga
diqqat qaratgan Emine Erdoʻgʻon barcha tegishli muassasalar va xalqning qoʻllab
quvvatlashi bilan bu haftaning har qanday millat odami bilan umumiy dasturxon atrofida anʻʻanaviy
uchrashuvga aylanishi haqidagi tilaklarini bildirdi. Emine Erdoʻgʻon, jumladan, shunday dedi:
“Biz globallashuv natijasida mahalliy oshxonalarning asl
retseptlarini vujudga kelgan madaniy beqaror iqlimdan himoya qilishimiz kerak. Zero,
mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz global oziq-ovqat tizimlariga berilib ketar
ekan, faqatgina oʻziga xos madaniyatlar eroziyalanmaydi, balki ovqatlanish va
ichimlik ichish ham zavqlanish foydasiz isteʻʻmolga aylanadi va bora-bora asta-sekin
sogʻligʻimizni yoʻqotamiz”.
Birinchi
xonim Erdoʻgʻon oziq-ovqatlarning tabiiyligini yoʻqotishning insonga jismoniy
zarari bilan birga maʻʻnaviy zarari ham borligini taʻʻkidlab, shunday davom etdi:
"Dasturxonlar tez pishuvchi gazaklar bilan almashtirilsa,
his-tuygʻular soʻnadi, sezgirlik pasayadi, xalqlar oʻziga xosligini yoʻqotib,
bir-biriga oʻxshash boʻla boshlaydi. Qalblarni anʻʻanaviy dasturxonlar ham toʻyindirib
qoʻyadi. Ovqat pishgan uy haqiqiy uyga aylanadi, yangi non hidi esa ishonch baxsh
etadi. Oʻchoqning tutuni tinchlik va osoyishtalikning asosidir. Turkiya oʻlaroq
jamiyatimizdagi har bir guruhni bir necha asr davomida taʻʻsir qilgan koʻplab
mamlakatlar xalqlari bilan bir dasturxon atrofida birlashtirgan, chuqur ildiz
otgan oshxona madaniyatiga ega boʻlishning qiymatini bilamiz va ozoda, sogʻlom,
mahalliy va asl ozuqalardan foydalanish butun insoniyatning huquqiga ega boʻlishiga
ishonamiz."
Emine Erdoʻgʻon isteʻʻmol qilingan, ichilgan yoki oziqa boʻlgan
har qanday oziq-ovqat asta-sekin tabiiyligini yoʻqotib, zaharli holatga aylanib
qolayotganini taʻʻkidlab, mikroplastmassalar hattoki ona sutida ham borligini,
toza oziq-ovqatga ega boʻlish huquqi yanada dolzarbroq ahamiyat kasb etganini taʻʻkidladi.
Bu borada Emine Erdoʻgʻon xorijda oʻtkaziladigan Turk Oshxonasi
haftaligi nishonlanmalari uchun dunyoning eng sogʻliqqa foydali oshxonalaridan biri
sifatida tanilgan "Ege oshxonasi"ni tanlashni qimmatli deb topganini
maʻʻlum qildi va "Genetik jihatdan barbod boʻlmagan, ajdodlarimiz urugʻi bilan tuproqni zaharlamagan,
organik oʻgʻitlar etishtirilib, kimyoviy moddalar bilan ifloslanmasdan
dasturxonimizga etib kelib, shifobaxsh retseptlar bilan tayyorlangan mahsulotlardan
butun insoniyatning foydalanishiga umid qilaman”, dedi.
Birinchi xonim Erdoʻgʻon turk oshxonasining ahamiyatiga toʻxtalar
ekan:
“Turk
oshxonasi - mehnat va sabr-toqat birlashganda yuzaga keladigan moʻʻʻjizaning
nomi. Er haydaydigan, urugʻ ekadigan,
koʻchat oʻtqazadigan, hosilni oʻrganadigan, xamir qoradigan, uni yoyadigan va boshqa
barcha mohir qoʻllarning hamkorlikdagi ishidir. Mamlakatimizning har bir shahrida
mahsulot bilan aks etgan va qalbimizni shakllantirgan inson hikoyasi mavjud.
Geografik koʻrsatkichi bilan roʻyxatga olingan mahsulotlar bilan biz oʻzligimizni
shakllantiradigan hikoyalarni ham himoya qilgan boʻlamiz. Chunki geografik koʻrsatkich
erda aks etgan barcha jamgʻarmalarni qamrab oladi. Mahsulotlarimizdan har biri
alohida qimmatli va qadrli boʻlgan yangi xalqaro brendlar paydo boʻlishiga chin
dildan umid bildiraman va shuni bilishingizni istaymanki, men mahalliy
mahsulotlarni qaysi mamlakatda boʻlishidan qatʻʻi nazar himoya qilishga qaratilgan
har qanday loyihani chin dildan qoʻllab-quvvatlayman." deya taʻʻkidladi.
Emine Erdoʻgʻon Madaniyat va turizm vazirligining turk
madaniyatining yorqin gavhari boʻlgan Turk Oshxonasini targʻib qilish va uning
qadriyatlarini asrab-avaylashda muhim vazifalari borligiga eʻʻtibor qaratdi va
barcha vazirlik xodimlariga “Asriy
retseptlar bilan Turk oshxonasi”
kitobi va Turk oshxonasi haftaligi bayramlaridagi saʻʻy-harakatlari uchun
minnatdorchilik bildirdi.
Turk
oshxonasining mahalliy va global miqyosda munosib qiymatga etishi uchun tadbirlar
uyushtirgan hokimlik, boshqarma va xorijiy vakillarga oʻz minnatdorchilik bildirgan
Emine Erdoʻgʻon: “Prezident huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasini bu yilgi
tadbirlar doirasida amalga oshirgan, Goʻbeklitepedan bugungi kunimizgacha tortib,
erlarimizning “toʻlib-toshgan, lekin toʻkilmagan, ortib borayotgan, ammo
kamaymagan” unumdorligini oʻrtaga chiqargan ushbu koʻrgazma bilan chin qalbimdan
tabriklayman", dedi.
Oʻz
nutqida Isroil hujumlari ostida Falastindagi voqealarga ham toʻxtalgan Emine Erdoʻgʻon:
"Sizga eslatib oʻtmoqchimanki, Falastindagi vahshiylikning madaniy qirgʻinni
oʻz ichiga olganini, bir millatni kiyimidan tortib eguligigacha, tarixiy
binolaridan tortib tabiiy goʻzalliklarigacha har jihatdan yoʻq qilishga urinishlar
qilinmoqda. Isroil xuddi tovus patlarini olib, oʻzining ustiga yopishmoqchi boʻlgan
qargʻaning hikoyasidagi kabi Falastinning madaniyati, tarixi va oshxonasini
ochiqdan-ochiq oʻgʻirlamoqchi boʻlsa ham, haqiqatni baralla aytishda davom etamiz”,
dedi.
Emine Erdoʻgʻon barcha insonlarning bir dasturxonda tinchlik va
hamjihatlikda, oʻzaro xilma-xilliklarini saqlagan holda bir dasturxon atrofida
jamlanishlari tilaklarini ham bildirdi.
Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi
Fahrettin Altun, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, elchilar va
ularning turmush oʻrtoqlari gastronomiya sohasidagi professor-oʻqituvchilari va
talabalari ishtirok etgan tadbirda turk oshxonasining anʻʻanaviy, sogʻliqqa foydali
va chiqindisiz madaniy meros va turk oshxonasining boyligini etkazib beruvchi
videorolik namoyish etildi.
Turkiyaning 7 viloyatining madaniy merosi va oshpazlik madaniyati
namoyish etildi
Emine Erdoʻgʻon dasturdan oldin prezident huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi Altun va madaniyat va turizm vaziri
Ersoy bilan prezident
huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi
tomonidan uyushtirilgan Turkiyaning tabiiy, madaniy goʻzalliklari, iqlimi va
geografik xilma-xilligi bilan qadimgi tsivilizatsiyalardan meros 7 mintaqaning oshpazlik madaniyati namoyish
qilingan koʻrgazma va raqamli namoyish maydonini ziyorat qildi.
Egeydan Sharqiy Onadoʻliga, Qora dengizdan Markaziy Onadoʻligacha
boʻlgan turli geografik mintaqalarning tabiiy va madaniy merosi va qishloq
xoʻjaligi xilma-xilligini aks ettirgan Prezident Qarorgohi Koʻrgazmalar Zalidagi
mahsulotlarni koʻzdan kechirgan Emine Erdoʻgʻon masʻʻullardan maʻʻlumot oldi.
Tajriba institutlarining anʻʻanaviy hunarmandchiligi bilan
ishlangan mahsulotlar ham koʻrgazmadan joy olgan
Koʻrgazmada Emine Erdoʻgʻon oʻz homiyligidagi "Toʻqima atlas" loyihasi
doirasida ishini orttirgan Tajriba institutlari tomonidan tayyorlangan Turkiyaning
Turk oshxonasi va dasturxon madaniyatini aks ettiruvchi anʻʻanaviy hunarmandchilik
mahsulotlarini ham koʻzdan kechirdi.
21 geografik hudud koʻrsatilgan mahsulotlar ham koʻrgazmaga
qoʻyildi
Tadbirning foye maydonida Emine Erdoʻgʻon oʻzlari tegishli mintaqada madaniyat,
turizm va iqtisodiyot kabi koʻplab sohalarga taʻʻsir koʻrsatib, qoʻshimcha qiymat yaratadigan
Evropa Ittifoqida roʻyxatdan oʻtgan 21 ta geografik hudud koʻrsatilgan
mahsulotlarni oʻz ichiga olgan stendlarni ham ziyorat qildi.
Bu stendlarda Gaziantep paxlavasi, Aydin anjiri, Malatya oʻrigi, Aydin eryongʻogʻi, Milas
zaytun moyi, Bayramich mevasi, Tashkoʻpru sarimsogʻi, Giresun doʻmboq yongʻogʻi, Antakya
shirinligi, Suruch anori, Chagʻlayanjerit yongʻogʻi, Gemlik zaytuni, Edremit zaytun
moyi, Milas yogʻli zaytun, Ayash pomidori, Edremit koʻrfazi yashil chiziqli zaytuni, Marash kukuni va Ezine
pishlogʻi ham kiritilgan.
Shuningdek, tadbirda oʻtmishdan kelajakka meros boʻlib qolgan
ajdodlar urugʻlari ham namoyish etildi.
Tadbir doirasida mehmonlarga lokum, turk qahvasi va boʻza
ichimliklari tortildi.
Koʻrgazmaga 1 oy davomida tashrif buyurish mumkin.