15.01.2025 08:13
Turkiya birinchi "Fargʻoniy" sunʻʻiy yoʻldoshini koinotga uchirdi
Turkiya birinchi "Fargʻoniy" sunʻʻiy yoʻldoshini koinotga uchirdi
Turkiya oʻzining kosmik salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida beshta sunʻʻiy yoʻldoshni muvaffaqiyatli fazoga uchirdi. Ular orasida Fargʻonaning birinchi FGN-100-d1 sunʻʻiy yoʻldoshi va Plan-S kompaniyasiga tegishli toʻrtta sunʻʻiy yoʻldoshlari bor. Ushbu tarixiy missiya SpaceX kompaniyasining Transporter-12 raketa tashuvchisi orqali amalga oshirildi.
Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fotih Kachir sunʻʻiy yoʻldoshlarni muvaffaqiyatli uchirgan "Fergani Space" va Plan-S kompaniyalarini ijtimoiy tarmoqda tabriklab, bunday yutuqlar mamlakatning milliy kosmik dasturi doirasidagi strategik maqsadlariga xizmat qilishini taʻʻkidladi.
“Milliy kosmik dasturimiz maqsadlariga muvofiq kosmik ekotizimimiz kundan-kunga mustahkamlanib boradi. Birinchi "Fargʻoniy" sunʻʻiy yoʻldoshi va yangi Plan-S sunʻʻiy yoʻldoshlari orqali kelajakdagi innovatsiyalarga yoʻl ochilmoqda”, dedi u.
Turkiya Koinot Agentligi (TUA) ushbu uchirish mamlakatning koinot sohasidagi pozitsiyasini yanada mustahkamlashini maʻʻlum qildi.
“Fargʻoniy" sunʻʻiy yoʻldoshining muvaffaqiyatli fazoga chiqishi global aloqa va geolokatsiya echimlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Plan-S esa IOT va 6G aloqa texnologiyalarini rivojlantirishda etakchi boʻlib, bugungi kunga qadar toʻqqizta sunʻʻiy yoʻldoshni muvaffaqiyatli uchirdi”, - deyiladi bayonotda.
SpaceX kompaniyasining jonli efirida missiyaning har bir lahzasi kuzatib borildi. "Fargʻoniy" sunʻʻiy yoʻldoshi uchun sinovlar 2024 yilning may oyida muvaffaqiyatli yakunlangan edi.
“Fergani Space” kompaniyasi past orbitali sunʻʻiy yoʻldosh xizmatlari orqali dunyoda barqaror va innovatsion echimlar taqdim etishni maqsad qilmoqda.