Turk dunyosi 34 harfdan iborat mushtarak turk alifbosi taklifini kelishib oldi
34 ta harfdan iborat umumiy turk alifbosi taklifi yuzasidan kelishuvga erishildi. Taklif etilayotgan alifbodagi har bir harf turkiy tillarda uchraydigan turli fonemalarni ifodalaydi
9-11 sentyabrʻ kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʻʻzo
mamlakatlar vakillaridan tashkil topgan Turk dunyosi umumiy alifbo komissiyasining
3-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Bosh
qarorgohi Qozogʻiston poytaxti Ostonada joylashgan Turk akademiyasi va Turkiya Turk tili jamiyati
hamkorligida tashkil etilgan yigʻilishda umumiy alifbo sohasida olingan
maʻʻlumotlar va komissiyaning 2 yillik faoliyati tajribalaridan foydalangan holda
turkiy tillar uchun umumiy alifbo loyihasi ishlab chiqilgani eʻʻlon qilindi.
Bayonotda, olimlar tomonidan 1991 yilda ilk bor taklif
qilingan lotin asosli mushtarak turk alifbosi loyihasi har tomonlama koʻrib
chiqilib, komissiya aʻʻzolari ushbu alifbo loyihasida ishlab chiqilishi kerak boʻlgan
masalalar yuzasidan zarur qarorlar berganligi taʻʻkidlandi.
"Ushbu fidokorona ish natijasida 34 ta harfdan iborat umumiy turk alifbosi
taklifi yuzasidan kelishuvga erishildi. Taklif etilayotgan alifbodagi har bir harf
turkiy tillarda uchraydigan turli fonemalarni ifodalaydi".
Bayonotda uchrashuvning muvaffaqiyatli yakunlanishi tarixiy
ahamiyatga ega ekanligiga eʻʻtibor qaratilib, “Umumiy Turk alifbosining
rivojlanishi turk xalqlari oʻrtasida oʻzaro tushunish va hamkorlikni rivojlantirish
bilan birga, ularning
til merosini ham saqlab qolishi”
taʻʻkidlandi.
Bayonotda
“barcha tegishli
muassasalar taklif qilingan umumiy turkiy alifbo boʻyicha kelishuvning amalga oshirilishini faol
qoʻllab-quvvatlash”ga
chorlandi.