Toshkentda 8 imom-xatib, 10 imom noibi ishdan olindi, 4 nafariga hayfsan berildi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda “belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmagan” 8 nafar imom-xatib, 10 nafar imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani maʻʻlum qilindi
Bugun, 11
sentyabrʻ kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasida raisi, muftiy Shayx Nuriddin
Xoliqnazar hazratlari raisligida Toshkent shahar imom-xatiblarining
tanqidiy-tahliliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Musulmonlar
idorasi matbuot xizmatining yozishicha,
majlis avvalida har bir imom-xatib din gʻami, xalq dardi va yurt taqdiri yoʻlida
astoydil xizmat qilishi lozimligi, din peshvosi sifatida, aholi, ayniqsa, yoshlarni
toʻgʻri yoʻlga boshlashi alohida taʻʻkidlangan.
Tanqidiy masalalar muhokamasida ayrim imom-domlalar
zimmasidagi birlamchi vazifasiga jiddiy yondashmayotgani, moʻmin-musulmonlar
ehtiyojini taʻʻminlashda etarli saʻʻy-harakat qilmayotgani va ijro intizomidagi
nuqsonlar qattiq tanqid ostiga olindi. Shuningdek, belgilangan tartib-qoidalar,
mehnat shartnomalari talablari va lavozim yoʻriqnomalariga rioya etmayotgan
imom-domlalarga chora koʻrilgani aytildi.
2024 yilning oʻtgan sakkiz oyida mana shunday
xato-kamchiliklarni sodir etgan, din peshvosi sifatida ish faoliyatiga eʻʻtibor
qaratmagan va mehnat majburiyatlarini etarli darajada bajarmagan Toshkent
shahridagi masjidlarda faoliyat yuritgan 8 nafar imom-xatib, 10 nafar imom noibi
vazifasidan ozod etilgani hamda 2 nafar imom-xatib va 2 nafar imom noibiga esa
hayfsan intizomiy chorasi qoʻllangani maʻʻlum qilindi.
Muftiy hazratlari har bir imom-xatib din va mehrob omonatini
chuqur his etishi, faoliyatini yaxshilab borishi, zamon bilan hamnafaslikda doimiy
bilim-malakalarini oshirishi va peshvolik maqomiga munosib boʻlishini alohida qayd
etdilar. Shuningdek, barcha imom-xatiblarni ushbu martabada shariat xodimi sifatida
ixlosu muhabbat, taqvo va sadoqat bilan xizmat qilishlariga daʻʻvat etdilar.