Foto: Nodirjon Turgʻunov.

Jidda shahridagi bosh konsul lavozimida ishlab kelgan Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi.

26 mart kuni Oʻzbekistonning Saudiya Arabistoniga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turgʻunov Ar-Riyodga bordi, deya xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Maʻʻlum qilinishicha, 49 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (hozirda –  Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) tamomlagan. Mehnat faoliyatini maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan.

Xususiy tuzilmalarda tarjimon sifatida, shuningdek, Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʻʻrifiy aloqalar jamiyatlari kengashida faoliyat koʻrsatgan. 2016 yildan beri Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab kelmoqda.

Oʻtgan yillar davomida TIVning Konsullik-huquqiy departamentida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2019−2021 yillarda Oʻzbekistonning Oqtov shahrida (Qozogʻiston), 2021−2024 yillarda esa Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) bosh konsul boʻlib ishlagan.

Nodirjon Turgʻunov 2018—2024 yillarda Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi va Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili lavozimlarida ishlagan Ulugʻbek Maqsudov oʻrnini egalladi. 

Mavzuga aloqador