Oʻzbekiston va Turkiya prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvida qanday masalalar koʻtarildi?
Anqaradagi Prezident saroyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Muzokaralar davomida hukumatlar oldiga tovar ayirboshlashni 5 milliard dollarga etkazish, jumladan, Imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulot turlarini kengaytirish vazifasi qoʻyildi. Istanbul shahrida Oʻzbekistonning savdo vakolatxonasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Muzokaralar
davomida Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik
munosabatlarini yanada kengaytirish, koʻp qirrali hamkorlikni, avvalo, siyosiy,
savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga
alohida eʻʻtibor qaratildi.
Hozirgi
ikki tomonlama hamkorlik yuksak surʻʻatda davom etayotgani, barcha darajalardagi
aloqalar va almashinuvlar shiddati mamnuniyat bilan qayd etildi.
Qayd
etilishicha, tashrif arafasida biznes forumi muvaffaqiyatli oʻtkazilib, uning natijasida
sanoat, "yashil" energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik, farmatsevtika,
qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishlarda, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik
dasturi doirasida yangi loyihalarning katta portfeli shakllantirildi.
Hukumatlar
oldiga tovar ayirboshlashni 5 milliard dollarga etkazish, jumladan, Imtiyozli savdo
bitimi doirasida mahsulot turlarini kengaytirish vazifasi qoʻyildi. Istanbul
shahrida Oʻzbekistonning savdo vakolatxonasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga
erishildi.
Davlat rahbarlari raisligidagi Oʻzbekiston-Turkiya
Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani mamnuniyat
bilan taʻʻkidlandi. Uning birinchi yigʻilishi bugun boʻlib oʻtadi.
Qishloq xoʻjaligi, suv resurslarini boshqarish va raqamlashtirish
sohalarida oʻzaro manfaatli sheriklikni kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Xavfsizlik va mudofaa, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga
qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va muvofiqlashtirish
zarurligi taʻʻkidlandi.
Tomonlar faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom
ettirishga kelishib oldilar. Taʻʻlim, sogʻliqni saqlash, turizm va sport sohalarida
hamkorlik masalalariga alohida eʻʻtibor qaratildi. Ikki davlat fuqarolarining
bordi-keldisi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish zarurligiga alohida eʻʻtibor
qaratildi.
Oʻzbekiston va Turkiya rahbarlari, shuningdek, mintaqaviy va
xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, jumladan, Afgʻonistondagi
vaziyatning rivojlanishini ham koʻrib chiqdilar.