Oʻzbekiston prezidenti 6 iyunʻ kuni rasmiy tashrif bilan Turkiyada boʻladi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 6 iyunʻ kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Tashrif doirasida Anqarada ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Sammit
kun tartibidan Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik
munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari oʻrin olgan.
Amaliy
hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat,
"yashil" energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik, farmatsevtika
tarmoqlari, qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishlarda, shu jumladan davlat-xususiy
sheriklik dasturi doirasida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida
eʻʻtibor qaratiladi.
Faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari
koʻrib chiqiladi. Xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari boʻyicha qator ikki
tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Turkiya prezidentlari ikki mamlakat etakchi
korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qoʻshma uchrashuvini
oʻtkazadilar.