15.01.2025 07:00
Istanbulda qalbaki aroqdan 6 oʻzbekistonlik halok boʻldi
Istanbul shahrida qalbaki spirtli ichimliklarning tarqatilishi natijasida zaharlanish holatlari kuzatildi. Olingan maʻʻlumotlarga koʻra, soʻnggi sutka ichida 38 kishi zaharlangan boʻlib, 11 nafari hayotdan koʻz yumgan. Vafot etganlar orasida 6 nafar Oʻzbekiston fuqarosi ham bor.
Istanbul politsiyasi voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshlab, qalbaki ichimliklar tayyorlashda gumonlangan ikki nafar Turkmaniston fuqarosini qoʻlga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qayd etilishicha, Istanbulning Aksaray tumanida sotilgan soxta alkogoldan zaharlanganlarning 26 nafari xorijliklardir. Vafot etgan oʻzbekistonliklar 35–40 yoshlardagi erkaklar boʻlib, ularning voyaga etmagan farzandlari qolgan.
Istanbuldagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi yurtdoshlarimizni ehtiyotkorlikka chaqiradi.