14.01.2025 14:12
Bombalanayotgan Gʻazo: 466-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 466 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Xon Yunis, Rafah, Dayr al-Baloh, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga zarba berdi. Urush boshlanganidan buyon 46584 kishi shahid boʻldi.
▪️Bosqinchilar Gʻazoning butun hududida ommaviy qotilliklarni sodir etishdi. 70 dan ortiq odam halok boʻldi, ular orasida bolalar ham bor. Deyr al-Balahda natsistlar odamlar joylashgan chodirlarga hujum qildi. 5 nafar bola shahid boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari bir kun ichida rekord miqdordagi fashistlarni oʻldirdi va yarador qildi. Anklavning shimoli va janubida 30 dan ortiq bosqinchilar halok boʻldi va yaralandi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Balat lagerida falastinliklarni ommaviy hibsga olishmoqda. Jeninda qarshilik jangchilari sionistlarga qarshi kurashmoqda.
▪️Husiylar bir necha soat ichida bosib olingan Yafadagi strategik nishonlarga, jumladan, ishgʻol ostidagi Mudofaa vazirligiga zarba berdi. Ben Gurion aeroportidagi operatsiyalar falaj boʻlgan va 11 nafar aholi jarohatlangan.
▪️Bayden: Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishish yoqasida turibmiz. Gʻazo xalqi doʻzaxdan oʻtdi, falastinliklar esa tinchlikka muhtoj.
▪️Hind Rajab jamgʻarmasi ISS va Italiya sudiga mamlakatda yashirin boʻlgan ishgʻolchi general-mayor Gʻasan Alianni hibsga olishni soʻrab daʻʻvo arizasi bilan chiqdi. Alian ochlikdan qurol sifatida foydalanib, fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilib, Gʻazoning toʻliq blokadasini nazorat qildi.