17.01.2025 09:15
23 mingdan ortiq rossiyalik Qirgʻiziston fuqaroligini olish uchun murojaat qildi
Qirgʻiziston Aholini roʻyxatga olish boshqarmasi maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yil davomida 23 mingdan ortiq Rossiya fuqarosi Qirgʻiziston fuqaroligini olish uchun ariza topshirgan. Bu haqda 16 yanvarʻ kuni Jogorku Kenesh yigʻilishida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Bekzat Ibraimov maʻʻlum qildi.
Ibraimovning aytishicha, ariza beruvchilarning asosiy qismini Oʻzbekiston va Tojikistondan kelgan etnik qirgʻizlar tashkil etadi. Shunday boʻlsa-da, arizalarning faqatgina 1 mingdan ortigʻi rad etilgan, qolgan murojaatlar koʻrib chiqilmoqda yoki tasdiqlangan.
Shuningdek, Jogorku Kenesh deputatlari internetda Qirgʻiziston pasportlarini sotish va ularni tezda rasmiylashtirish boʻyicha koʻpayib borayotgan eʻʻlonlardan xavotir bildirdi.