22.03.2025 11:43

Tramp nima uchun Yamanni bombardimon qilmoqda?

Tramp nima uchun Yamanni bombardimon qilmoqda? 


Amerika Qoʻshma Shtatlarining Yamanga qarshi soʻnggi bombardimon kampaniyasi husiylarning Qizil dengizdagi kema qatnovi boʻylab hujumlarini toʻxtatishga qaratilgan, shuningdek, bu – Eronga signal yuborish maqsadini ham koʻzlagan.


isroil Gʻazo sektoridagi genotsidni toʻliq koʻlamda qayta boshlashidan atigi ikki kun oldin Qoʻshma Shtatlar Yamanda bombardimon kampaniyasini ishga tushirdi.


Bu tajovuz isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va AQSh prezidenti Donalьd Trampning Yaqin Sharqda tuganmas urush va vayronagarchilikka olib keladigan rejalarining muhim qismidir.


isroil va AQSh bu operatsiyalar haqida bir-birini xabardor qilgan boʻlsa-da, har ikki davlat oʻz harakatlarini boshqasidan mustaqil, ammo hamkorlikdagi faoliyat sifatida taqdim etdi. Albatta, bu qisman isroilning Gʻazodagi shafqatsiz genotsidni AQShning moddiy yordamisiz davom ettira olmasligi haqidagi haqiqatni yashirishga urinishdir.


Biroq Tramp uchun bu erda yana bir jihat bor. U oʻzi va Netanyahuning yondashuvini oʻz manfaatlarini koʻzlovchi mustaqil, biroq ittifoqdosh davlatlarning harakati sifatida koʻrsatishni maъqul koʻradi. U isroil oʻz yoʻlini belgilayotgani, AQSh esa oʻz manfaatlarini koʻzlayotgani tasvirini yaratishga intiladi. Ammo bu tasvir Tramp isroil yoki boshqa birov uning xohishiga koʻra harakat qilishini istagan zahoti parchalanib ketadi.


AQShning eъtibori Gʻazoga emas, Yamanga qaratilgan, bu esa Netanyahuga Tramp befarq qaragan keng koʻlamli genotsidni davom ettirishga imkon beradi. Tramp Gʻazo sohilida Netanyahu bilan jirkanch tarzda kayf-u safo qilish haqida xayol surishi mumkin, biroq Ansorulloh (odatda husiylar deb ataladi) falastinliklarni himoya qilish va ular bilan birdamlikda harakatlanishga toʻsqinlik qilishdan manfaatdor Amerika kompaniyalari mavjud.


Trampning motivlari har doim biroz noaniq koʻrinsa-da, bu uning shoshqaloqligi, bilimsizligi natijasi boʻlgani kabi, oʻylangan rejaning bir qismi hamdir. Ammo AQSh Ansorullohning Qizil dengiz kemalariga hujumlarini toʻxtatishdan aniq manfaatdor va Vashingtonda hamon bunga erishishning aniq usuli boʻlgan yagona choradan - isroilni Gʻazo qamalini bekor qilishga majburlashdan - bosh tortish kuzatilmoqda. Bu omillar AQShning Yamanga davom etayotgan hujumlari sabablaridan biri boʻlgan koʻrinadi.


Hammasi Eron bilan bogʻliq 


Keng koʻlamda qaralsa, masala har doimgidek Eron bilan bogʻliq. Avval Yamanga, keyin Gʻazoga hujumlar Tramp mart oyi boshida Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga yadro kelishuvi boʻyicha yangi muzokaralar oʻtkazishga chaqiruvchi maktub yoʻllaganidan soʻng roʻy bergani bejiz emas.


Chorshanba kuni xabar qilinishicha, oʻsha maktubda Tramp Eronga yangi kelishuvga erishish uchun ikki oylik muhlat bergan. Eron allaqachon yangi muzokaralarga tahdid va bosim ostida jalb qilinmasligini aytgan. Bu bayonot Trampning agar Eron kelishmasa, urush bilan tahdid qilganiga javoban yangragan.


"Biz Eron bilan soʻnggi nuqtaga etib keldik. Biz soʻnggi daqiqalardamiz. Ularda yadro quroli boʻlishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Tez orada nimadir sodir boʻladi. Men boshqa variantdan koʻra tinchlik bitimini afzal koʻraman, biroq oʻsha boshqa variant muammoni hal qiladi”, – deb aytgan Tramp 7 mart kuni jurnalistlarga. 


Ikki oylik muddat, shuningdek, Jo Bayden maъmuriyatining soʻnggi kunlarida ishlab chiqilgan va Tramp maъmuriyatining dastlabki baholari bilan tasdiqlangan AQSh razvedkasi bahosiga mos keladi. Unga koʻra, isroil 2025 yilning birinchi yarmida Eronning yadro obъektlariga hujum qilishi mumkin.


Agar bu Tramp rejasining bir qismi boʻlsa, u oʻz tahdidini toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirishi shart emas, shunchaki isroilni qoʻllab-quvvatlashi kifoya.

Bu Trampning nima uchun Ansorulloh faoliyatida Eronni ayblash uchun bunchalik jon kuydirganini ham tushuntiradi. Koʻpchilik xabardor ekspertlar Eron va Ansorulloh oʻrtasida doʻstona munosabatlar mavjudligi, Eron Yaman guruhini qoʻllab-quvvatlashiga qoʻshilsa-da, Ansorulloh Eronning buyrugʻi yoki nazorati ostida harakat qilmasligini taъkidlaydi. Dushanba kuni Eronning Ansorullohdan AQSh bilan qarama-qarshilikni yumshatishni soʻragani haqidagi xabar aniq rad etildi. Bu xatti-harakat, albatta, qoʻgʻirchoq guruhniki emas.


Ansorulloh isroil Gʻazoni qamal qilishni toʻxtatmaguncha Qizil dengizdagi hujumlarini davom ettirishga vaъda berdi. Bu ularning boshidan beri tutgan pozitsiyasi boʻlib, ular falastinliklar bilan birdamlikda hujumlarni boshlagan va Gʻazodagi "vaqtinchalik tinchlik" davrida, garchi isroil uni bir necha bor buzgan boʻlsa-da, oʻz hujumlarini toʻxtatishgan edi. Ular faqat isroil Gʻazoni toʻliq qamalga olishni qayta tiklaganidan keyingina oʻz harakatlarini davom ettirdilar. 


Tramp Yamanda nimaga erishmoqchi?


Ansorullohning Qizil dengizdagi hujumlari mintaqadagi kema qatnoviga jiddiy taъsir koʻrsatdi. Ilgari kemalar Osiyo va Sharqiy Afrikadan Qizil dengiz boʻylab va Suvaysh kanali orqali Oʻrta er dengizi va Atlantika okeaniga bora olgan boʻlsa, endi koʻpchilik janubga, janubiy Afrikadagi Yaxshi Umid burnini aylanib oʻtib, shimolga qaytishga majbur boʻlmoqda. Bu barcha turdagi tovarlarni etkazib berish xarajatlarini sezilarli darajada oshiradi va Ansorulloh hujumlari tufayli sugʻurta xarajatlarining oshishi bilan birgalikda, kemachilik sanoatiga va tovarlar eksporti hamda importiga katta iqtisodiy zarar etkazadi, bu esa kemalar va tovarlar yoʻqolishidan kelib chiqadigan zarardan ancha kattadir. 


Bu iqtisodiy taъsir isroilning genotsid xatti-harakatlariga qarshi qoʻyilgan eng sezilarli moddiy zarar hisoblanadi. Albatta, bu Isroil yoki AQShni toʻxtata olmadi.


Biroq Ansorulloh hatto Hizbulloh, Eron va boshqa turli qurolli guruhlarning birgalikdagi saъy-harakatlari ham uddalay olmagan ishni qildi – isroilning genotsid harakatlariga maъlum miqdorda zarar etkazishga erishdi. Ushbu hujumlar va bir nechta dron hamda raketalarni hisobga olmaganda, Ansorulloh harbiy jihatdan AQShga teng kela olmasligi, Yamanni Trampning zoʻravonligi uchun qulay nishon qiladi.


Trampning asosiy maqsadi buyruq va koʻrsatmalar berish va ularni hurmat yoki qoʻrquv tufayli bajarilishiga erishishdir. U oʻz tarafdorlarining koʻpchiligi yana bir xorijiy urushdan qochishni istashini biladi. Shu vajdan u Eronni yadroviy dasturidan voz kechishga majburlashni va ularga boshqa istalgan shartlarni qoʻyishni afzal koʻradi. Agar bu amalga oshmasa, u isroilga Eronga hujum qilish uchun zarur yordamni taklif qilishni jiddiy oʻylab koʻrishi mumkin.


Bunday harakat Saudiya Arabistoni, BAA va Trampning Fors koʻrfazidagi boshqa arab ittifoqchilari uchun katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi sababli, bu uning birinchi tanlovi emas. Bu davlatlar Trampni isroilning Eronga yalpi hujumi yomon gʻoya ekanligiga ishontirish uchun Vashingtonda etarli taъsir kuchiga ega ekanliklari ham haqiqat. Amerika razvedkasining xulosasi qanday boʻlishidan qatъi nazar, isroil AQSh yordamisiz Eronning yadro obъektlariga qarata yirik hujumni amalga oshira olmaydi.


Bu murakkab boʻlgani uchun Tramp oʻz maqsadlariga erishish yoʻlida zaif xalqlarga qarshi kuch ishlatmoqda. Trampning rejasi, xuddi Ukraina bilan boʻlgani kabi, u muomala qilayotgan odamlarda hech qanday real imkoniyat yoʻqligini aniq koʻrsatishdir. 


Ansorulloh "keskinlashuvga keskinlashuv bilan javob berish"larini aytgan, koʻproq kemalarga hujum qilishi va hatto AQShning mintaqadagi ittifoqchilariga baъzi raketalarni uchirishi mumkin boʻlsa-da, ular aslida Amerika nishonlariga sezilarli zarar etkaza olmaydi. Shunday qilib, Tramp Ansorullohni chekinishga majbur qila olishi va bu Tehronda umidsizlik tuygʻusini uygʻotishiga umid qilmoqda.


Bu reja AQShning qoʻllab-quvvatlashiga qaramay, isroil Gʻazoda HAMASni shuncha vaqt va qirgʻindan keyin ham magʻlub eta olmagani kabi sabablarga koʻra ish berishi dargumon. Eron AQSh bilan toʻqnashuvdan qochish uchun qoʻlidan kelganini qilmoqda, ammo u Trampning buyruqlariga shunchaki boʻysunishni istamaydi.


Ansorulloh mintaqada va hatto koʻpchilik ularga qarshi boʻlgan Yamanda ham oʻz obroʻsini ancha oshirdi. Ularning Falastin ishini qoʻllab-quvvatlashi ularga katta obroʻ keltirdi va hatto raqiblari orasida ham mashhurlikka erishdi. Ularning chekinishi ehtimoldan yiroq va Tramp Yamanga bostirib kirishga urinmaydi, hujumlarni toʻxtatishning yagona harbiy chorasi esa shu. Buning oʻrniga u Yamanning yirik shaharlarini bombardimon qilishni kuchaytirishi, allaqachon vayronaga aylangan mamlakatni yanada vayron qilishi va shundoq ham dahshatli qurbonlar sonini oshirishi mumkin.

Bularning barchasi Gʻazo aholisiga oziq-ovqat, suv, dori-darmon va boshpana berilishiga yoʻl qoʻymaslik uchundir.


Mitchel Plitnik, siyosiy sharhlovchi