18.04.2025 07:35
145

Oʻlimga mahkum etilgan oʻzbeklar: zamon zoʻrnikmi?

Oʻlimga mahkum etilgan oʻzbeklar: zamon zoʻrnikmi?

Oʻtgan 2024 yilning oxirgi oylarida Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) uch nafar oʻzbekistonlik tomonidan  sodir etilgan qotillik dunyo boʻylab katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Ammo bu safar ham sionistik rejim bilan bogʻliq xabarlar etakchi ommaviy axborot vositalari orqali faqat bir taraflama yoritildi. 

Dastlabki mulohaza

Aslida turli mintaqalarda, turli motivlar bilan bogʻliq qotillik jinoyatlari deyarli har kuni sodir etiladi. Ammo hammasi ham dunyoga jar solinib, insoniyat diqqatini tortavermaydi. 

Ayniqsa, jahon boʻylab antisemitizm kayfiyati shiddat bilan oʻsib borayotgan bir paytda, yahudiy millatiga mansub shaxslarning oʻlimi bilan bogʻliq jinoyatlar albatta shov-shuvlarga sabab boʻlishi kerak, degan tushuncha shakllanib qoldi. Bunday xabarlarni shov-shuv qilib, dunyo ommasi oʻrtasida  tarqatish xizmatini bajarib beruvchi omil, tabiiyki, ommaviy axborot vositalar yoki zamonaviy atamada aytganda media sohasi vakillari va kompaniyalar hisoblanadi. 

Bugungi dunyodagi eng yirik, etakchi media kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlarning aksariyati bevosita sionist-yahudiylar tomonidan boshqarilishi, nazorat qilinishi barchaga ayon. Ayniqsa 2023 yilning 7 oktyabridan bunday fikrlarni tasdiqlash uchun isbot-dalil keltirish shart boʻlmay qoldi. Bular fakt, aslo konspirologiyaga aloqador emas.

Qariyb bir yildan ortiq vaqt davomida Isroil tomonidan sodir etilayotgan genotsid va etnik tozalashdek insoniyatga qarshi jinoyatlarni xolis, obъektiv yoritish masalasida dunyoning eng yirik etakchi media kompaniyalarining faoliyati haqida xulosa qilish uchun keragidan ham ortiq misollar toʻplanib qolgan. Aksincha, Isroilning sionistik rejimi tomonidan sodir etilayotgan harbiy jinoyatlarni yashirishga urinish yoki yumshatib koʻrsatish kabi harakatlar bugunga kunga qadar davom etib kelmoqda. 

Biroq 2024 yilning oxirgi oylarida Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) uch nafar oʻzbekistonlik tomonidan  sodir etilgan qotillik dunyo boʻylab katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Ammo bu safar ham sionistik rejim bilan bogʻliq xabarlar eng yirik, etakchi deya eъtirof etiladigan ommaviy axborot vositalari orqali faqat bir taraflama yoritildi. Bunday daъvoning isboti uchun aynan ular tomonidan tarqatilgan xabarlar asosida ushbu tahliliy material tayyorlandi. 

BAAda qanday qotillik jinoyati sodir etilgandi?

Mavzuga aniqlik kiritish uchun anъanaviy ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan xabarlar asosida jamlangan maъlumotlarni koʻrib chiqish kerak boʻladi.

Demak, 2024 yil 21 noyabrida BAAda yashovchi isroil-moldovan ortodoksal ravvini Tsvi Kogan oʻgʻirlab ketiladi.

(https://www.theguardian.com/world/2024/nov/24/missing-rabbi-in-uae-zvi-kogan-has-been-found-murdered-says-israel)

Uning jasadi 2024 yil 24 noyabrь kuni topildi. Terrorchilik harakati deb tasniflangan qotillik uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi tomonidan sodir etilgani taxmin qilindi.

Tsvi Kogan shaxsi haqida

Tsvi Kogan 1996 yilda Quddusning Ramat Shlomo tumanida Aleksandr va Ethel Kogan oilasida tugʻilgan. U katta akasi Reuven bilan birga Litvak Haredi oilasida tarbiyalangan.

Kogan oʻsmirlik chogʻida Quddusdagi Eshiva (yahudiylarning oliy diniy muassasasi) Maoz Hailda, Bney Brakdagi Eshiva Rabbeinu Xaim Ozerda va nihoyat Quddusdagi Eshiva Mirda tahsil olgan. Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) koʻchib oʻtishdan oldin Isroil mudofaa kuchlarining 84-Givati ​​piyodalar brigadasida majburiy harbiy xizmatni oʻtaganligi qayd etilgan. U Isroil va Moldova davlatlarning fuqarosi, yaъni ikki fuqaroligi boʻlgan.

Kogan va uning rafiqasi, AQSh fuqarosi Rivki (Shpilьmanda tugʻilgan) 2022 yilda turmush qurishgan. Rafiqasi bir paytlar Hindiston Mumbayidagi hujumlar paytida islomiy jangari guruh tomonidan rafiqasi bilan birga oʻldirilgan Xabad ravvin Gavriel Noax Holьtsbergning jiyani hisoblanadi.

Kogan ulьtra-ortodoksal ravvin va ortodokasal yahudiylarning xasidlar tashkiloti boʻlgan Xabadning Abu-Dabi boʻlimi vakili edi. BAA 2020 yilda “Ibrohim sulhi”ga binoan Isroil bilan diplomatik munosabatlarni normallashtirganidan beri oʻsha erda faoliyat koʻrsatib kelgan. Koganning iudaizmni tushuntirish, bu din haqidagi afsona va stereotiplarni yoʻq qilish ustida ishlab kelganligi aytiladi. U BAA bosh ravvini Levi Duchmanning yordamchisi boʻlgan. Shuningdek, Dubayning Al Vasl koʻchasida joylashgan Rimon  kosher supermarketini rezident sifatida boshqarib kelgan. Xabaddagilarning aytishicha, u Duchman bilan "BAAdagi yahudiylar turmush-hayotini kengaytirish uchun ishlagan", jumladan, kosher taomlarini taqdim etish va shu mamlakatdagi birinchi yahudiy taъlim markazini ochish asl maqsadi boʻlgan.

Koganning oʻgʻirlab ketilishi va oʻldirilishi

Oʻgʻirlanishidan oldin Koganni oxirgi marta Dubaydagi oʻzi boshqaradigan kosher supermarketida koʻrishgan. Keyin u rejalashtirilgan uchrashuvlarga kelmaydi, rafiqasi ham Kogan bilan bogʻlana olmaydi. Rafiqasi bu haqda Xabadning xavfsizlik boʻyicha boshligʻiga xabar berishga majbur boʻladi, Xabaddagilar esa, oʻz navbatida, mahalliy idorani xabardor qiladi. Kogan rasman 2024 yil 21 noyabrь kuni tushdan buyon bedarak yoʻqolgan. Biroq Koganning oilasi bir kun avval aloqaga chiqishni toʻxtatganini aytishadi.

Isroil bosh vaziri idorasi 2024 yil 23 noyabrda Mossad nomidan Koganning gʻoyib boʻlganini eъlon qiladi hamda Isroil xavfsizlik va razvedka xizmatlari voqeani tergov qilayotgani haqida bayonot beradi. Bu Isroil razvedka agentligi Mossad va Amirlik rasmiylari tomonidan qoʻshma tergov oʻtkazish uchun turtki boʻladi. Isroil delegatsiyasi tergovga yordam berish uchun BAAga etib keladi. Mossad uning gʻoyib boʻlishini terrorchilik harakati sifatida baholab, tergovga rahbarlik qiladi.

Kogonning mashinasi va telefoni Abu-Dabining Al-Ayn tumanida, Dubaydan 150 kilometr uzoqlikda va Ummon bilan chegarada tashlab ketilgan holda topiladi. Uning mashinasidan qon izlari va shiddatli kurash boʻlganligiga oid dalillar topiladi.

Dastlabki maъlumotlarga koʻra, Kogan oʻzi boshqargan “Rimon” supermarketidan chiqib, shaharga ketayotganda uning ortidan uch oʻzbekistonlik taqib qilgani aytiladi. Tergovchilarning aytishicha, hujumchilar Koganni oʻgʻirlash va oʻz mashinasida Al-Aynga olib borishdan oldin uning harakatlarini kuzatib borishgan va u oʻsha erda oʻldirilgan. Soʻngra hujumchilar Turkiyaga qochib ketishgan.

Isroilning Mossad razvedka agentligi Kogan qotilligida Eronni aloqadorlikda ayblab chiqadi. Eronning BAAdagi elchixonasi Eronning bu qotillikka aloqasini rad etadi va bunday ayblovni tasdiqlovchi hech qanday dalil taqdim etilmaganini haqida bayonot beradi.

Uning jasadi 2024 yil 24 noyabrda topiladi. Oʻldirilgan kuniga qadar Kogan 28 yoshda boʻladi.

Oʻzbeklarning hibsga olinishi

24 noyabrь kuni BAA Ichki ishlar vazirligi Koganni oʻgʻirlash va oʻldirishda gumon qilingan uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi hibsga olinganini maъlum qiladi. Oʻzbek matbuoti gumonlanuvchilarning ismlari Olimboy Davlatyorov, Mahmudjon Kenjaboev va Azizbek Ismoilov ekanini yozadi. Ammo BAA Ichki ishlar vazirligi oʻz bayonotida negadir faqat ularning ismi va otasining ismini koʻrsatadi.( https://www.bbc.com/russian/articles/cwy4znzlzw5o)

BAA hukumati talabiga binoan Turkiya Milliy razvedka tashkiloti va Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilgan maxfiy operatsiya natijasida uch nafar gumonlanuvchi Turkiyaning Istanbul shahrida taksida aeroportdan chiqib ketayotib hibsga olinadi. Shundan soʻng gumondorlar BAA iltimosiga koʻra Turkiya idoralari tomonidan Amirliklarga ekstraditsiya qilinadi. Oʻz navbatida, BAA tegishli vazirligi sud jarayoni boshlanganini eъlon qiladi va tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, uch oʻzbekistonlik oʻlim jazosiga hukm qilingan.

Oʻlimga hukm qilinganligi haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda mahkumlardan birining oʻz onasi va singlisi bilan telefon orqali qilgan suhbati tarqalganidan keyin yanada koʻproq tasdigʻini topdi. Jumladan, ilgari Twitter nomi bilan tanilgan X- ijtimoiy tarmogʻida mahkumlardan biri oʻlim hukmi haqida onasi va singlisini xabardor qiladi: "Uchalamiz ham oʻlim jazosiga mahkum etildik", deyiladi audioyozuvdagi erkak ovozida. “Ushbu muborak Laylatul qadr kechasida sizlarga yana bir narsani aytmoqchiman – Allohga iymon keltiring, bizlarda haqqi qolgan odamlardan bizni kechirishlarini, bizdan rozi boʻlishlarini soʻrang”. Suhbat chogʻida onasi va singlisining yigʻlashi eshitiladi va ularni “sabr qilinglar, bizning haqqimizga Allohdan soʻrab duo qilinglar”, deya dalda beriladi suhba yakunida. (https://t.me/olam_ichra/6509)
Rasmiylarning reaktsiyalari

Isroil bosh vaziri Benyaьmin Netanyaxu qotillikdan "chuqur hayratda qolganini" aytadi hamda qotillar va "ularni yollaganlarni" javobgarlikka tortish uchun barcha vositalardan foydalanishga vaъda beradi. Isroil prezidenti Isaak Gertsog ham qotillikni qoralab chiqadi.

Moldova hukumati buni “antisemitizm harakati” deb ataydi. 

Qoʻshma Shtatlarda oʻsha paytda iqtidorda boʻlgan Bayden maъmuriyati qotillikni qoralab, bu "tinchlik, bagʻrikenglik va birgalikda yashash tarafdori boʻlganlarning barchasiga qarshi dahshatli jinoyat" ekanligini va "bu jinoyatni sodir etganlar va ularni qoʻllab-quvvatlaganlarning barchasi toʻliq javobgarlikka tortilishi kerakligini" aytadi.

AQSh Kongressi aъzosi Steni Xoer shunday deydi: "Men begunoh tinch aholiga qarshi sodir etilgan ushbu teraktni toʻliq qoralayman. Biz butun dunyo boʻylab kuzatilayotgan antisemitizmning kuchayishi qabul qilinishi mumkin emas va yahudiylar hamma joyda xavfsiz boʻlishi kerak, deb hisoblayman".

AQSh Kongressi aъzosi Ritchi Torres: "Ravvin Tsvi Koganning antisemitlar tomonidan oʻgʻirlab ketilgani va oʻldirilishi haqidagi xabardan dahshatga tushdim, u shunchaki yahudiy boʻlgani uchun oʻgʻirlab ketilgan va oʻldirilgan. Uning xotirasi barakali boʻlsin". Torres oʻz maqolasining sarlavhasi uchun The New York Timesni ham tanqid qiladi. Chunki The New York Times gazetasi birinchi xabarida “Dubayda gʻoyib boʻlgan isroillik ravvin oʻlik holda topildi” sarlavhasi ostida ushbu mavzu haqida maqola eъlon qiladi; nashr Koganning oʻgʻirlab ketilgani (nafaqat gʻoyib boʻlgan) va oʻldirilgani (nafaqat oʻlgan) faktini kamaytirgani uchun tanqid qilinganidan soʻng gazeta keyinchalik sarlavhasini shunday oʻzgartiradi: “Isroillik ravvin BAAda oʻgʻirlab ketildi, oʻldirildi”.

Oʻsha paytdagi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Amirlik tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon suhbatida Koganning oʻgʻirlanishi va oʻldirilishini qoralaydi. AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metьyu Millerning aytishicha, Blinken "Qotillikka javoban BAA huquq-tartibot idoralari tomonidan koʻrilgan tezkor choralarni olqishlaydi".

Nьyu-York gubernatori Keti Xochul Ravvin Tsvi Koganning oʻgʻirlanishi va oʻldirilishidan dahshatga tushganini aytadi. “Uning oilasi va yahudiy jamiyati uchun qalbim achidi. Uning xotirasi barakali boʻlsin”, deya munosabat bildiradi.

Nьyu-York meri Erik Adams shunday deydi: "Xabad ravvin Shaliach Tsvi Koganing “vahshiyona va bemaъni oʻldirilishi” haqida xabar olganimdan juda qattiq xafa boʻldim. Yuragimiz va ibodatlarimiz uning rafiqasi, nьyu-yorklik fuqaro, uning butun oilasi va yahudiy jamoatchiligi uchun motam tutmoqda".

2024 yil 25 noyabrь kuni AQShning bugungi prezidenti Donalьd Trampning kuyovi, 2020 yilda BAA va Isroil oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirgan “Ibrohim sulhi”ga vositachilik qilgan Jared Kushner va uning rafiqasi, Trampning qizi Ivanka Tramp BAAdagi Kogan ishlayotgan Xabad markaziga 1 million dollar xayriya qilishini bildiradi. Koʻp oʻtmay Kushnerning akasi va kelini Joshua Kushner va Karli Kloss ham xayriyaga qoʻshimcha yana 1 million dollar qoʻshishadi.

BAAning AQShdagi elchisi Yusuf Al Otaiba Kogan qotilligini “BAAga qarshi jinoyat” deb atab, “Biz har qanday turdagi ekstremizm va aqidaparastlikni rad etamiz”, deb yozadi. https://www.france24.com/en/middle-east/20241125-uae-names-three-uzbek-suspects-murder-israeli-rabbi 

BAA Tashqi ishlar vazirligi Kogan oilasiga hamdardlik bildiradi. Shuningdek, ular Turkiyaga “jinoyatchilarni hibsga olishda hamkorlik qilgani” uchun minnatdorchilik bildiradi. 

(https://www.trtworld.com/turkiye/turkish-intelligence-nabs-rabbi-murderers-extradites-to-uae-18236910)

BAA, shuningdek, tergovga rahbarlik qilgan Amirlik rasmiylarining professionalligini yuqori baholaydi.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri ham oʻz mamlakati ushbu qotillikni tergov qilishda BAA va Isroil hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilganligini maъlum qiladi. Jumladan, rasmiy bayonotda shunday deyiladi: “Oʻzbekiston xalqi barcha din va millat vakillariga doimo doʻstona munosabatda boʻlib kelgan. Oʻzbekiston hech qachon millatchilikning hech bir koʻrinishiga toqat qilmagan va bunday boʻlmaydi ham”. 

(https://apnews.com/article/uae-israel-rabbi-killed-turkey-mideast-wars-351f46fbaf3bfe39512b82e5f570fbae)

Amerika Musulmon va Koʻp konfessiyali Ayollar huquqlarini kengaytirish kengashi (AMMWEC) ham ushbu qotillikni qoralab chiqadi. AMMWEC prezidenti va bosh direktori Anila Ali Koganning oʻldirilishida “arab dunyosi va Gʻarbdagi” antisemitizmni ayblaydi, “erkin dunyo” va “arab mamlakatlari” etakchilari antisemitizm tarqalishining oldini olish uchun koʻproq harakat qilishlari kerakligini aytadi.

Xabad Nьyu-Yorkda Kogan xotirasiga yahudiy ayollar kollejini tashkil etish uchun 50 million dollarlik kampaniyani rejalashtirganini maъlum qiladi.

Ayrim nashrlardagi taxminlar


BBCning Yaqin Sharq boʻyicha eksperti Murat Batal Koganning oʻldirilishi xorijliklarni, xususan Isroil fuqarolarini BAAga tashrif buyurish xavfsiz boʻlmasligi haqida oʻylashga majbur qilishi haqida yozadi. (https://www.bbc.com/russian/articles/cwy4znzlzw5o)

Qolaversa, Oʻzbekiston fuqarolarining jinoyatga aloqadorligi haqidagi iddaolar Markaziy Osiyoda ekstremistik mafkura tarqalishining yana bir dalili boʻlishi mumkinligini qayd etib oʻtadi.

Xususan, ekspertlar bu odamlarning IShIDning afgʻon yacheykasi ekanligi aytiladigan “Viloyati Xuroson” guruhi bilan aloqasi bor yoki yoʻqligini aniqlashga harakat qilishi hamda ushbu guruh Oʻzbekiston va boshqa qoʻshni davlatlardagi odamlarni faol ravishda yollagani haqida yozadi.

Baъzi isroillik siyosatchilar qotillikning dastlabki kunidanoq Eronni ayblashgani va oʻz navbatida Eron rasmiylari bunday daъvolarni rad etganini eslab oʻtadi tahlilchi Murad Batal.

Shuningdek, BAA rasmiylari Kogan qotilligining boshqa sabablarini ham inkor etmadilar, deya qoʻshimcha qiladi u.

Biroq Isroil nashrlaridan biri Isroil razvedkasi maъlumotlariga tayanib, ushbu hujum ortida Eron turmaganligini, ammo jinoyat terrorchilik harakati sifatida baholanishi haqida yozadi.

Isroilning ushbu nashri, shuningdek, “Koganning oʻldirilishi BAAdagi kichik, ammo rivojlanib borayotgan yahudiy jamoasiga zarba boʻldi, bu XX asrda yahudiylar ommaviy surgun qilinganidan keyin Yaqin Sharqdagi birinchi yangi yahudiy jamiyati edi. Gʻazodagi urush davrida Evropa va Qoʻshma Shtatlarda antisemitizm kuchayganiga qaramay, Amirlikdagi yahudiylar oʻzlarini nisbatan xavfsiz his qilishgan. Tsvi Kogan doʻstlariga arab mamlakatida hayotiga hech qanday tahdid sezmasligini bir necha bor aytgan”, deya yozadi. (https://segodnya.co.il/news/v-oae-troe-grazhdan-uzbekistana-prigovoreny-k-kazni-za-ubijstvo-ravvina-kogana)

Yakuniy mulohaza va xulosa

Dastlabki mulohazadagi taъkidlarni davom ettirib, yuqorida bir talay maъlumotlar, rasmiylarning bu qadar reaktsiyalari birgina qotillik bilan bogʻliqligini eslatib oʻtish kerak. Vaholanki, butun dunyo koʻz oʻngida ayni paytga qadar insoniyatga qarshi jinoyatlar - genotsid va etnik tozalashdek harbiy jinoyatlar sodir etilmoqda. Ammo mana shu birgina jinoyatga nisbatan rasmiylarning, media ekspertlarning munosabatini solishtirib koʻrish, dastlabki mulohazalardagi etakchi media kompaniyalarning noxolisligi bilan bogʻliq xulosalarni yana bir karra tasdiqlab beradi. 

Koganing oʻldirilishi, uning shaxsi haqida xabar tarqatmagan nashrning oʻzi qolmadi. Yuqoridagi reaktsiyalarning deyarli barchasi faqat Tsvi Kogan atrofida boʻlgan va faqat yahudiylar himoyasi, manfaati uchun munosabatlar bildirilgan. Ammo uning qotillari sifatida BAA sudi tomonidan oʻlimga mahkum qilingan uch nafar oʻzbekistonlik yoshlarning shaxsi haqida, ularni bu jinoyatni sodir etishga sabab boʻlgan omillar, motivlar umuman oʻrganilmagan va hatto oddiy taxminlar ham berilmagan. 

Albatta, ayrim yirik nashrlar shunchaki buni antisemitizm kayfiyati bilan bogʻlab, qisqacha qilib Gʻazodagi urush bilan bogʻlamoqchi boʻlishgan. Ammo jurnalistik surishtiruv oʻtkazib, tahlil qilib, mavzuga chuqur kirishilmagan. Aksincha, Murad Batal kabi VVS ekspertlari uchun jinoyat sodir etgan uch nafar oʻzbekistonliklar shaxsi haqida, ularni bu jinoyatni sodir etishga nima majbur qilgani boʻyicha izlanish oʻtkazishdan koʻra, Oʻzbekistondagi ekstremizm gʻoyalari tarqalishi uchun dalil yasash koʻproq qiziqroq boʻlganligini koʻrish mumkin. 

Bunday “dalil yasash” orqali kelajakda Oʻzbekistonda diniy erkinlikka nisbatan taqiqlar kuchayishi va oʻz diniga imkon qadar mukammal amal qilishni istaydigan musulmonlarga nisbatan yanada koʻproq nazorat, bosimlar joriy etilishini taъminlashga xizmat qilayotganligini nahotki Murad Batal kabi ekspertlar anglamasa? 

Umuman olganda esa, ushbu jinoyat bilan bogʻliq bir qancha savollarga deyarli birorta ham yirik media nashrlardan javob topib boʻlmaydi. Agar rasmiylar ushbu jinoyat haqida batafsil maъlumotni sir tutishayotan boʻlishsa, axir bu jinoyat sodir etilishini zohiran, yuzaki kuzatib ham tahminiy motivlarini bevosita sionistik rejimning harbiy jinoyatlari bilan bogʻligini tahmin qilish uchun barcha asoslar mavjud-ku! Vaziyatning oʻzi yaqqol koʻrsatib turibdi-ku! 

Taъkidlab oʻtilganidek, bu motivlarni qayd etgan ayrim nufuzli nashrlar ham bir jumla bilan eslatib oʻtgan, xalos. Oʻshanda ham genotsid bilan bogʻliq jinoyatlar tilga olinmagan. Har doimgiday HAMASning 7 oktyabrdan keyingi hujumiga bogʻlab oʻtilgan. Vaholanki, Isroil tomonidan bugun sodir etilayotgan harbiy jinoyatlar nafaqat musulmon olami, balki musulmon boʻlmagan jamiyatlarni ham larzaga solayotganligini, ularda ham keskin sinistlarga nisbatan nafratlar kuchayib ketganligini aynan oʻsha etakchi media kompaniyalarning oʻzlari ham eъtirof etib kelmoqda-ku!

Har qanday nafrat va gʻazabning ortib boraverishi inson tomonidan bora-bora jinoyat sodir etilishiga sabab boʻlishi mumkin emasmi?!

Xoʻsh, BAA nima uchun bunchalik shiddat bilan harakat qilib, tezkorlik bilan jinoyatchilarni topib, ularga nisbatan bunday keskin hukmni chiqardi?

Aslini olib qaraganda, BAA hududi dunyoning barcha boylari toʻplanadigan xavfsiz mintaqalardan biri hisoblanadi. Hatto dunyodagi turli kriminal guruh vakillari, noqonuniy yoʻllar bilan boylik orttirgan korruptsionerlar ham oʻzlarini bu erda xavfsiz his etishadi va qaysidir maъnoda u erni makon qilib olganligi aytiladi. “Boʻri oʻz ini atrofida ov qilmaydi”, degan naqldagidek, jinoyat olami vakillari, korruptsionerlar ham BAA hududida balki jinoyatlarini rejalashtirishar, ammo  u erda jinoyat sodir etmaydi. Chunki BAA hukumati ularning joni va molini himoya qilishni aynan mana shu shartlar bilan oʻz zimmasiga olgan yoki shunday kelishuv bilan bogʻlab qoʻygan. Yaъni, goʻyoki “nima qilsang qilaver, ammo BAAga nisbatan boʻlmasin va BAA hududida sodir etilmasa bas”, degan shart qoʻyilgandek. 

Shuning uchun boʻlsa kerak, BAAning AQShdagi elchisi Yusuf Al-Otaiba “Koganning oʻldirilishi BAAda sodir etilgan shunchaki oddiy jinoyat emas, balki BAAga qarshi jinoyat”, deya taъrif bergan. Chunki “Ibrohim kelishuvi”dan keyin yahudiylarga nisbatan sodir etilgan bu qotillikka tezkorlik bilan munosabat bildirishi va jinoyatchilarni tezda topib, keskin hukm chiqarishiga ayni diplomatik kanallar majbur qildi, deyilsa bir jihatdan xato boʻlmaydi. Qolaversa, dunyodagi eng yirik moliyaviy tashkilotlar, institutlar, jamgʻarma va banklarni boshqarib, nazorat qiluvchi xalqaro sionistlar tashkilotining BAAga nisbatan ishonchi va munosabati salbiy tarafga oʻzgarib ketishining oldini olishga qaratilgan harakat boʻldi. Demak, BAA jinoyatchini tezkorlik bilan topib, chora koʻrishdan manfaatdor boʻlgan.

Turkiyachi? Nima uchun turklar qotillik sodir etgan uchchala oʻzbekni ushlab berishda yordam koʻrsatdi? Vaholanki, BAA va Turkiya oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 2011 yildagi “Arab bahori”dan keyin musulmonlarga nisbatan turlicha qarashlari tufayli oʻn yil davomida tarang vaziyatda edi. Hatto 2016 yilda amalga oshmay qolgan Turkiyadagi davlat toʻntarishlarida Anqara BAAning ham qoʻli borligida ayblab kelayotgandi.

Toʻgʻri, soʻnggi yillarda bu ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilana boshladi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan BAAga 2024 yil 13 fevralda rasmiy tashrifini amalga oshirgan. U Dubayda boʻlib oʻtgan Jahon hukumatlari sammitida asosiy maъruzachi sifatida ishtirok etgan va sammit doirasida BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashgan.

Turkiya va BAA oʻrtasida jinoyatchilarni oʻzaro almashish boʻyicha kelishuv mavjud. Bu kelishuv 2011 yil 22 sentyabrda imzolangan boʻlib, ikki davlat oʻrtasida jinoyat ishlari boʻyicha hamkorlikni tartibga soladi. ​(Interpol Law Firm)

Shuningdek, 2023 yil 19 iyulda Turkiya va BAA oʻrtasida yangi kelishuvlar imzolangan, jumladan, jinoyat ishlari boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam va ekstraditsiya toʻgʻrisidagi bitimlar tuzilgan. 

Ammo Turkiyaning uch oʻzbekni BAAga tezkor ravishda topshirishidan manfaatdorlik uchun boshqa bir sababi borligi aytiladi.

Oʻz paytida, Turkiya rasmiy ravishda BAAdan taniqli jinoyat avtoriteti Sedat Pekerning ekstraditsiyasini soʻragan edi. Peker ilgari Turkiya hukumatini qoʻllab-quvvatlagan, ammo keyinchalik hukumatni tanqid qila boshlagan, yuqori martabali amaldorlarni korruptsiya va boshqa jinoyatlarda ayblagandi. 

(https://www.youtube.com/@sedatpekerreis/videos

2021 yil iyunida Turkiya sudlari unga qarshi tovlamachilik va jinoiy tashkilotni boshqarish kabi ayblovlar bilan hibsga olish orderi chiqargan. Shundan soʻng Turkiya uni ekstraditsiya qilish haqida BAAga rasmiy soʻrov yuborgan. https://mk-turkey.ru/life/2022/02/24/avtoriteta-pekera.html

2021 yil sentyabrь oyida Turkiya 2019 va 2020 yillarda hibsga olingan ikki gumonlanuvchi josusni Sedat Pekerga almashtirishni taklif qilgan edi. Ammo oʻsha paytda BAA bu taklifga rasmiy javob bermagan.

2024 yil noyabrь oyida Turkiya BAA bilan hamkorlik qilib, Isroil ravvini Tsvi Koganning BAAda oʻldirilishida gumonlangan Oʻzbekistonning uch nafar fuqarosini hibsga olib, ekstraditsiya qilganidan soʻng, bu hamkorlik ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar iliqlashayotganidan yana bir dalolat berishi mumkin va bu holat Peker boʻyicha soʻrovni ham koʻrib chiqishga taъsir qilishi ehtimoldan xoli emas.

Hozircha Sedat Pekerning BAA tomonidan Turkiyaga topshirilgani haqida tasdiqlangan maъlumot yoʻq. Sedat Pekarning Turkiyaga olib kelinishidan koʻproq turk xuquq-tartibot idoralari manfaatdor boʻlgani uchun boʻlsa kerak, BAA uchun zarur boʻlgan yordamni tezkorlik bilan amalga oshirishdi.

Etakchi ommaviy axborot vositlari orqali yahudiy ravvini Tsvi Koganning oʻldirilishi haqida tarqatilgan xabarlarni kuzatib, unga achinish hislarisiz munosabat bildirganlarning koʻpchilik qismini oddiy musulmon kuzatuvchilar auditoriyasi tashkil etgan boʻlsa, BAA va Turkiyaning ushbu vaziyatdagi harakatlaridan ajablanganlar nafaqat musulmonlar auditoriyasi boʻldi, balki boshqalar ham taajjublandi. Vaholanki, Gʻazodagi minglab bolalar va ayollarning qatliomida ishtirok etgan va harbiy jinoyatlarni sodir etib, BAA hududidagi Dubay, Abu Dabi kabi turistik dam olish maskanlarida bemalol, yallo qilib yurgan sionist jangarilariga hech qanday jazo choralari koʻrilmayotganligi adolat mezonlari buzilganidan darak berib boʻlgan edi. 

Xususan, Hind Rajab Foundation (HRF) (https://www.hindrajabfoundation.org/) kabi jamoatchilik faollari Isroil askarlarining harbiy jinoyatlarini fosh qilib kelayotganiga qaramay, boshqa mamlakatlar qatorida arab va musulmonlar mamlakatlari hukumatlari ham harbiy jinoyatchilarning oʻz hududlarida emin-erkin yurishiga imkon berib qoʻyganlari taajublanish uchun etarlicha asos boʻlishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib xulosa qiladigan boʻlsak, BAA va Turkiya rasmiy idoralari oʻrtasidagi munosabatlarda oʻzaro dindoshlik qarashlaridan koʻra siyosiy-xuquqiy manfaatdorlik ustuvor, deyish mumkin. 

Balki Turkiya oʻzi ushlab bergan oʻzbeklarga nisbatan BAA tomonidan bunday keskin hukm chiqarilishini kutmagandir. Balki BAA “Ibrohim sulhi”ga Islom koʻrsatmalariga mos ravishda haqiqatdan ham qatъiy rioya qilishga harakat qilgandir, degan yaxshi gumonlarni ham istisno qilmaslik kerak.

Noxolis etakchi media kompaniyalarga kelsak, bugun dunyodagi koʻpchilikni oʻldirilgan Tsvi Kogandan koʻra, oʻlimga mahkum etilgan uch nafar oʻzbekistonlik haqidagi xolis axborot materiallari qiziqtirishini ularga eslatib qoʻyish mumkin, xolos.

Ilhom Alimov, jurnalist.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamaydi