08.06.2024 11:34
1072

Xerson viloyatining Rossiya nazorati ostidagi qismi oʻqqa tutilishi oqibatida 22 kishi halok boʻldi

Xerson viloyatining Rossiya nazorati ostidagi qismida doʻkonga uyushtirilgan hujum natijasida 22 kishi halok boʻldi, 15 kishi jarohatlandi. Ukrain qoʻshinlari hujumda frantsuz aviabombalari va Amerikaning HIMARS snaryadlaridan foydalandi. 
Rossiyaning nazorat ostidagi qismidagi Xerson viloyatining Sadovoe qishlogʻiga uyushtirilgan hujum natijasida 22 kishi halok boʻldi. Bu haqda Xerson viloyati gubernatori Vladimir Salʻdo maʻʻlum qildi.
“Golopristanskiy tumanidagi Sadovoe qishlogʻiga dushman jangarilarining vahshiyona hujumi natijasida halok boʻlganlar soni 22 kishiga etdi. Shu bilan birga, 15 kishi jarohat oldi, ulardan besh nafarining ahvoli ogʻir”, — deb yozdi Salʻdo oʻzining Telegram kanalida.
Salʻdoning taʻʻkidlashicha, zarba frantsuz aviabombasi va Amerikada ishlab chiqarilgan HIMARS snaryadlari yordamida amalga oshirilgan.
Ayni paytda, "Lugansk xalq respublikasi" rasmiylari Lugansk shahrini oʻqqa tutishda olti kishi halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Shahardagi raketa zarbasidan keyin turar-joy binosiga kirish yoʻlagi qulab tushgan. Viloyat hokimiyatining soʻnggi maʻʻlumotlariga koʻra, 60 kishi jabrlangan, ulardan toʻrt nafari bolalar.
“Luganskka kechagi raketa hujumi sodir boʻlgan joyda ish tun boʻyi davom etdi. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan yana ikki kishining jasadini olib chiqishdi. Soat 8:00 holatiga koʻra, tinch shaharni vahshiylarcha oʻqqa tutishi natijasida 60 kishi jabrlangan. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda”, — deb yozdi mintaqaning «rahbari» Leonid Pasechnik oʻzining Telegram kanalida.
U avvalroq Luganskning oʻqqa tutilishi natijasida oʻttiz uchta koʻp qavatli uy, ikkita maktab, uchta bolalar bogʻchasi va bir kollej zarar koʻrgani haqida xabar bergan edi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Lugansk shahrining turar-joylari AQShda ishlab chiqarilgan beshta ATASMS raketasi bilan «maqsadli» zarba berilgani haqida xabar bergan edi.
“Amerikaning toʻrtta raketasi Rossiyaning havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirildi. Bitta raketa ikkita turar-joy binosiga tegdi. Natijada, dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, 20 dan ortiq tinch aholi, jumladan, bolalar jarohatlangan”, — deyiladi xabarda.
Oʻz navbatida, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Lugansk va Xerson viloyatiga qilingan raketa hujumlarini qoraladi.
“Butun dunyo hamjamiyati bular oldindan rejalashtirilgan va puxtalik bilan tayyorlangan qoʻrqitish terrorchilik harakatlari ekanini tushunishi kerak. NATOning qoʻl yozuvi aniq. Avval aytib oʻtganimizdek, uzoq masofali raketalarning, jumladan, ATASMS parvoz missiyalari amerikalik, britaniyalik va boshqa gʻarb mutaxassislarining bevosita ishtirokida shakllantirilayotganini yaxshi bilamiz”, — dedi diplomat.
Zaxarovaning taʻʻkidlashicha, hujumlarda ishtirok etganlar muqarrar, munosib jazoga tortilishiga shubha yoʻq"
Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 2022 yil 30 sentyabrda imzolangan farmon bilan noqonuniy ravishda annektsiya qilingan edi.