14.01.2025 12:47

Rossiyaning 47 ta hududida migrantlarni ishga joylashtirishga cheklovlar oshdi



«Verstka» maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yilda Rossiyaning 47 ta hududida migrantlarni ishga joylashtirishga cheklovlar joriy etildi. Cheklovlar asosan Oʻzbekiston va Tojikistondan kelgan muhojirlarga taʻʻsir qiladi.

Eng koʻp taqiqlar Krasnodar oʻlkasida (99 turdagi ish), Tver viloyatida (82) joriy qilingan. Chet elliklar uchun asosiy cheklovlar taksi, jamoat transporti, savdo va uy-joy kommunal xizmatlari sohalariga taalluqli.

Shuningdek, 2024 yilda 80 mingdan ortiq muhojir Rossiyadan chiqarib yuborildi. Moskva va Sankt-Peterburg kabi yirik iqtisodiy hududlarda cheklovlar mavjud emas.