30.12.2024 19:03
JSST rahbari Isroilga Kamal Advan kasalxonasi shifokorini ozod qilish talabi bilan chiqdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreisus Isroil hukumatidan Gʻazo sektoridagi Kamal Advan kasalxonasining bosh shifokorini zudlik bilan ozod qilishni talab qildi. Bu haqda AFP xabar berdi.
Juma va shanba kunlari Isroil qoʻshinlari Kamal Advan kasalxonasiga reyd uyushtirdi. Bu kasalxona Gʻazo sektorida ishlab turgan kam sonli tibbiyot muassasalaridan biri edi. Hujum davomida barcha bemorlar va xodimlar shifoxonani tark etishga majbur boʻlgan, bosh shifokor esa hibsga olingan.
“Gʻazo kasalxonalari yana jang maydoniga aylanmoqda. Bu sogʻliqni saqlash tizimi uchun jiddiy tahdid,” — dedi JSST rahbari. Uning taʻʻkidlashicha, shifokorning qaerda ekanligi haligacha maʻʻlum emas.
Isroillik rasmiylar Kamal Advan kasalxonasiga hujum chogʻida “20 nafar terrorchi yoʻq qilingan” va 240 nafar jangarini hibsga olinganini maʻʻlum qildi. Ammo hibsga olinganlarning qaerga olib ketilgani haqida maʻʻlumot berilmadi.
Gʻazodagi vaziyat
Tedros Adanom Gebreisusning maʻʻlumotlariga koʻra:
Kamal Advan kasalxonasi yopilib, ogʻir ahvoldagi bemorlar Indoneziya kasalxonasiga yuborildi, lekin bu muassasa ham toʻliq ishlay olmayapti.
JSST va hamkorlari Indoneziya kasalxonasiga tibbiy vositalar, oziq-ovqat va ichimlik suvi etkazib bergan, ammo muassasa koʻproq bemorlarni qabul qilish imkoniyatiga ega emas.
Gʻazodagi boshqa kasalxonalar, jumladan, Al-Ahli va Al-Vafa, ham hujumlardan katta zarar koʻrgan.
Gebreisus xalqaro hamjamiyatga murojaat qilib, shifoxonalarga hujumlarni zudlik bilan toʻxtatishni talab qildi. “Gʻazodagi odamlar tibbiy yordamga muhtoj,” — deb taʻʻkidladi u.