Bombalanayotgan Gʻazo: 341-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 34y kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis,
Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 41 020
kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar
Tulkarm, Al-Xalil va Tubasga bostirib kirdi. 5 kishi, jumladan, bir bola halok
boʻldi, 10 kishi yaralandi. Tulkarm kasalxonalari fashistlar tomonidan qamalda.
▪️Tulkarm qarshilik jangchilari ishgʻol mashinasini portlatib
yubordi. Natsistlar uylarga havodan hujum qildi.
▪️Gʻazoda ishgʻol vertolyoti halokatga
uchradi. 3 bosqinchi halok
boʻldi, 8 tasi tan jarohati olgani, ulardan 4 tasi ogʻir ekanligi maʻʻlum qilindi.
▪️Bu kecha bosqinchilar Livan janubiga
15 marta yirik hujum uyushtirdilar.
▪️HAMAS
siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvar ilk bor matbuotda chiqish qilib, prezident Abdulmajid Tebbunni Jazoir prezidenti etib
qayta saylangani bilan tabrikladi.
▪️Hizbulloh Amiaddagi bosqinchi armiya qarorgohiga hujum qilish
uchun dronlardan foydalangan.
▪️Gʻazo hukumati: Mavashi
koʻchirilganlar lageriga tashlangan 2000 funtlik Amerika bombalari qurbonlarning
jasadlarini eritib yubordi.
▪️Isroillarning Gʻazodagi genosidini
qoʻllab-quvvatlagan Burger King tez
ovqatlanish tarmogʻi Turkiyada davom etayotgan boykotning oldini olish maqsadida
nomini «Börgır» deb oʻzgartirdi.
▪️Gʻarbiy Sohildagi Ramallah shahrida yuk mashinasi haydovchisi yoʻl chetiga oʻrnatilgan
ishgʻol kuzatuv shoxobchasiga borib urilishi natijasida bir bosqinchi oʻldi,
falastinlik esa kasalxonaga yotqizildi.
▪️Oktyabrʻ oyida "HAMAS
tomonidan boshi kesilgan chaqaloqlarni koʻrdim" degan yolgʻonni tarqatgan ishgʻol
polkovnigi Golan Vach Gʻazo markazidagi qarshilik hujumida ogʻir yaralandi.