Bombalanayotgan Gʻazo: 334-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 334 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Jabaliya
lageri va Zaytun hududiga hujum qildi. Kun davomida 43 kishi halok boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar
sakkizinchi kundan beri Jenin, Al-Xalil va Tulkarmni qamal qilishdi. Qarshilik
jangchilari ishgʻol texnikasini portlatdi.
▪️Gʻarbiy
Sohilni qamal qilish chogʻida 33 kishi halok boʻldi, 130 dan ortiq kishi yaralandi. Jeninda
16 yoshli qiz halok boʻldi, 5 jurnalist yaralandi.
▪️YuNRVA
rahbari Filipp Lazzarini: Gʻarbiy Sohil boʻylab tinch aholini zudlik bilan himoya
qilishga chaqiraman.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Hayfa portiga hujum qilish uchun
dronlardan foydalandi.
▪️Jazoir Gʻarbiy Sohildagi ishgʻol
qirgʻini sababli BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yigʻilishini talab qildi.
▪️Falastindagi kelgindi yahudiylar ishgʻolchi
kuchlar askarlari bilan birgalikda Gʻarbiy Sohildagi Xevron shahrida joylashgan Ibrohim masjidini
egallab, uni talon-taroj qildi.
▪️Mashhur yapon-amerikalik kinorejissyor Neo Sora 2024 yilgi
Venetsiya xalqaro kinofestivalida Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlash uchun kufiya va Falastin bayrogʻini
taqqan holda sahnaga chiqdi.