Bombalanayotgan Gʻazo: 204-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 204 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar
Rafah, Nuseyrat
lageri va Gʻazo markaziga hujum qildi. Bir kunda 51 kishi halok boʻldi. Urush
boshlanganidan beri jami 34356 kishi shahid boʻldi, 77 437 kishi jarohatlandi.
▪️ Gʻarbiy Sohildagi Tulkarmda qarshilik kuchlari bosqinchilar bilan
jangga kirishdi.
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Ramle shahrida (1948 yilgacha Falastin
hududi boʻlgan) yoʻl-transport
hodisasiga uchradi. Uning avtomobili qizil chiroqda oʻtayotgan vaqtida boshqa
transport vositasi bilan toʻqnashib, agʻdarilib ketgan. Vazir jarohat olib,
kasalxonaga yotqizildi.
▪️ Xusiylar
Qizil dengizda Britaniyaning Andromeda Star neftʻ tankeriga hujum qildi.
▪️ AQSh,
BMT, EI va boshqa bir qancha davlatlar Gʻazodagi ommaviy qabrlardan koʻp sonli
falastinliklar jasadlari aniqlanayotganidan xavotir bildirib, ushbu harbiy jinoyat
qatʻʻiy ravishda tergov qilinishi lozimligini taʻʻkidladi.
▪️ Gʻazoda
Sogʻliqni saqlash vazirligi: Qattiq issiq harorat tufayli bezgak, denge isitmasi
va boshqa kasalliklarga chalingan falastinliklar soni ortib bormoqda.
▪️ Google
yana 20 nafar xodimini Isroil hukumatiga hisoblash va sunʻʻiy intellekt
xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha 1,2 milliard dollarlik Nimbus loyihasiga qarshi
namoyishlarda qatnashgani uchun ishdan boʻshatdi.
▪️ AQSh Davlat departamentining arab
tilidagi soʻzchisi, asli falastinlik Hala Rharrit Vashingtonning Gʻazo sektoriga
nisbatan siyosati bilan kelishmovchiliklar tufayli oʻz lavozimini tark etdi. Bu
2023 yil oktyabrʻ oyidan beri boshqarmadagi uchinchi isteʻʻfodir.
▪️ AQSh
universitetlarida Falastinni qoʻllab-quvvatlab oʻtkazilayotgan namoyishlar bir
haftadirki davom etmoqda.