“Kechalari qoʻrquvdan peshob qilib qoʻyayapman”, deydi gʻazoliklarni qirgʻin qilib qaytgan isroil askari.

Gʻazoliklarni qirgʻin qilib qaytgan Isroil armiyasi askari Afiai Livi oʻz his-tuygʻalari bilan oʻrtoqlashdi. Quyida uning gaplarini toʻliq keltiramiz:

"Bu ayolni koʻryapsizmi? Uni oʻz qoʻllarim bilan bir necha marta oʻldirishimga sal qoldi! Men uxlayotganimda qoʻrquvdan peshob qilib qoʻyayapman. Xonamda uxlay olmayman. Uxlay olmayapman.

Xuddi hozir boshim ustidan RPG uchib oʻtayotgandek. Oʻzimni bulʻdozer ichida, jangda murdalar hidini his qilayotgandek tasavvur qilaman, xizmatdoshlarimning qoldiqlarini oʻz qoʻllarim bilan yigʻishtirib olyapman va ular qaerda deb soʻrayman!

Yaqinda Gʻazodan qaytgan askarlar haqida gapiryapsiz - ular bu erda chetlashtirilgan odamlar, begonalar, hozir esa ularning oʻnlablari tark etilgan va hech kimga kerak emas. Oʻzim haqimda ham gapiryapman – men ham hech kimga kerak boʻlmaganlardanman.

Bu keskin gaplarim uchun uzr soʻrayman, biroq bizning qonimiz ustidan javobgarlik har biringizning qoʻlingizda.

Men alkashga aylanib qoldim. Qarzlarim 800 ming shekeldan oshdi va boʻynimgacha qarzga botdim. Nega hech biringiz buning uchun javobgarlikni oʻz zimmangizga olmaysiz?! Siz bizni poligonga tashladingiz, bizni chiqindiga aylantirdingiz”, - dedi Livi oʻz ahvoli haqida.

Bundan oldin HAMAS qarshilik harakati rahbari Abu Ubayda Gʻazo sektoriga kelganlar haqida: “Yoki oʻldiriladi, yo asirga olinadi, yo bir umrlik nogironlik bilan azoblanadi, yoki umrbod ruhiy kasallik bilan qayting”, - degan edi.

Mavzuga aloqador