17.02.2025 09:17

Afgʻonistonning amaldorlari uchun BMT sanktsiyalari vaqtincha bekor qilindi



Afgʻoniston bosh vaziri oʻrinbosari Abdul Gʻani Baradar va bir qator yuqori martabali amaldorlar BMT Xavfsizlik Kengashi sanktsiyalarining vaqtincha bekor qilinishiga erishdi. Bu haqda Tolo axborot agentligi xabar bermoqda.

Maъlumotlarga koʻra, Baradar Qatar poytaxti Dohada davolanish kursidan oʻtish uchun 23 kunlik ruxsat olgan. Shuningdek, Afgʻoniston Markaziy banki rahbari 19–21 fevralь kunlari Rossiyaga tashrif buyurib, u erda moliya sohasi va kiberxavfsizlik boʻyicha Ural forumida ishtirok etishi mumkin boʻladi.

Yil boshidan beri BMT Xavfsizlik Kengashining Sanktsiya qoʻmitasi Afgʻoniston hukumatining Ichki ishlar, Tashqi ishlar va Din ishlari vazirliklari rahbarlariga ham xorijiy safarlarga chiqish uchun ruxsat bergan.

Avvalroq BMT Afgʻonistonda hozirgi hukumat davrida koʻknori etishtirish 95 foizga kamayganini maъlum qilgan edi.