Turkiyaning Sakarya viloyatida avtomagistralda uch avtobus, bir yuk mashinasi va 4 engil avtomobilʻ ishtirokida YTH sodir boʻldi.

Turkiyadagi Shimoliy Marmara avtomagistralining Sakarya qismida 7 ta mashina ishtirokida sodir boʻlgan YTHda 10 kishi halok boʻldi, 59 kishi tan jarohati oldi, deya xabar bermoqda Anadolu. Hodisa sodir etgan avtomashinalardan 6 nafarining haydovchisi qoʻlga olingan.

Qayd etilishicha, avtomagistralning Istanbul yoʻnalishi Tashkisigʻi manzilida uch avtobus, bir yuk mashinasi va toʻrt engil avtomobilʻ halokatga uchragan. Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, avariyaga yoʻlni quyuq tuman qoplashi sabab boʻlgan.

Sogʻliqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ijtimoiy media hisobidagi postida voqea joyida 10 kishi halok boʻlgani, 59 kishining tan jarohati olgani, ularning 8 nafari ogʻir ekanini bildirdi.

Sakarya voliysi Yashar Karadenizning jurnalistlarga avariya sabablari oʻrganilayotgani, dastlabki taxminlarga koʻra, YTH bir avtomobilning yuk mashinasiga urilishi sabab boshlangani, soʻngra boshqa avtomobillar ketma-ket toʻqnashganini maʻʻlum qildi. Shuningdek, dastlabki surishtiruvlarda halok boʻlganlarning bir qismi mashinalardan tushganida orqadan kelgan bosh mashina urib yuborgan piyodalar ekani aytildi. 

Mavzuga aloqador