Turkiya payshanba kunidan Isroil bilan barcha savdo aloqalarini – eksport va importni toʻxtatdi. Mamlakat hukumati bu haqda rasmiy maʻʻlumot bergani yoʻq. Biroq Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats xabarni tasdiqlab, qarshi choralar koʻrilishini bildirdi.

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini toʻxtatdi. Bu haqda Bloomberg turk rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Turkiya rasmiylarining bildirishicha, Anqara Isroilga barcha import va eksportni toʻxtatgan.

Agentlik maʻʻlumotlariga koʻra, Turkiya rasmiylari bu borada hozircha rasmiy bayonot bermagan.

Biroq Turkiyaning Yeni Şafak nashri bu haqda qisqa xabar berib oʻtar ekan, aloqalar kecha, payshanba kunidan toʻxtatilganini bildirib oʻtdi.

Anqara bilan savdo aloqalari toʻxtatilishi haqidagi maʻʻlumotni Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats tasdiqladi.

Kats X ijtimoiy tarmogʻida Turkiya turk xalqi va biznes vakillarining manfaatlari, xalqaro savdo kelishuvlarini eʻʻtiborsiz qoldirgan holda qaror qilganini yozdi. Uning soʻzlariga koʻra, Isroil zudlik bilan Turkiya bilan savdo qilish uchun muqobil yoʻl yaratmoqchi, yangi etkazib beruvchilar topib, mahalliy ishlab chiqarishni koʻpaytirishni boshlamoqchi.

Eslatib oʻtamiz, aprelʻ oyida Turkiya Savdo vazirligi Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish va mintaqaga gumanitar yordamning toʻsiqsiz kelishini taʻʻminlashni talab qilib, Isroilga 54 toifadagi tovarlar eksportini cheklagan edi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon ham Gʻazo sektoridagi tajovuz tufayli Isroil bilan savdo aylanmasini cheklashini maʻʻlum qilgandi.

Mavzuga aloqador