Tatariston poytaxti Qozon shahridan Adlerga yoʻlga chiqqan yoʻlovchi poezdi Rossiyaning Volgograd viloyatida “KAMAZ” rusumli yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi. Hodisaga yuk mashinasining poezd yoʻlida toʻxtab qolgani sabab boʻlgan. Hodisada eng kamida 140 kishi jarohatlandi.

Tatariston poytaxtidan Adlerga ketayotgan poezdning “KAMAZ” yuk mashinasi bilan toʻqnashuvi natijasida kamida 140 kishi, jumladan, 33 nafar bola turli tan jarohatlari oldi, deya xabar bermoqda Shot telegram kanali.

Taxminlarga koʻra, Volgograd yaqinida sodir boʻlgan avtohalokatga qum ortilgan yuk mashinasi haydovchisi sabab boʻlgan – u 43 yoshli Aslanbek U. boʻlib, boshi va oyoqlaridan ogʻir jarohat olgan. Uning mashinasi temir yoʻl kesishmasida tiqilib qolgan va poezd mashinistining shoshilinch tormozi toʻqnashuvning oldini olishga yordam bermagan.

Soʻroq paytida yuk mashinasi haydovchisi "kesishmadan oldin sekinlashishga ulgurmaganini" aytdi. Ommaviy axborot vositalari Kaliningrad qurilish kompaniyasiga tegishli boʻlgan “KAMAZ”da jarimalar yoʻqligiga eʻʻtibor qaratmoqda.

Qayd etilishicha, poezdda jami 803 nafar yoʻlovchi boʻlib, ularning aksariyati uyushgan tarzda taʻʻtilga ketayotgan bolalar boʻlgan. Fojia joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Hozirda halok boʻlganlar haqida maʻʻlumot yoʻq.

Mavzuga aloqador