Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024 yil 27 oktyabrda oʻtkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kompaniyasi 2024 yil 26 iyulidan boshlanishini eʻʻlon qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024 yil 27 oktyabrda oʻtkaziladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi.

Komissiya saylov kompaniyasi 2024 yil 26 iyulidan boshlanishini maʻʻlum qildi, kalendar reja ham tasdiqlandi.

Bu yil Oʻzbekistonda saylovlar birinchi marta majoritar-proportsional (aralash) tizim asosida oʻtkaziladi. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga boʻlinadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari boʻyicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proportsional tizim boʻyicha, yaʻʻni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya roʻyxati asosida) saylanadi.

Mavzuga aloqador