Oʻzbekiston Markaziy Banki “Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqladi. Endilikda Oʻzbekistondagi mikromoliya tashkilotlari izom talablari asosida mijozlarga islomiy moliyalashtirishga oid islomiy moliya xizmatlarini koʻrsatishlari mumkin boʻladi.

Oʻzbekiston Markaziy Banki “Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqladi. Sobiq deputat Rasul Kusherbaev oʻzining Telegram-kanalida mazkur Nizom nusxasini eʻʻlon qildi.

Endilikda Oʻzbekistondagi mikromoliya tashkilotlari izom talablari asosida mijozlarga islomiy moliyalashtirishga oid islomiy moliya xizmatlarini koʻrsatishlari mumkin boʻladi.

Jumladan, oʻzbek mikromoliya tashkilotlari islomiy ijara, foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba), nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha), sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka), oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish (salam) xizmatlarini koʻrsatishi mumkin.

Mavzuga aloqador