Oʻzbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Dam olish kunlari Shavkat Mirziyoevning 2023 yil yil dekabrdagi «2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi farmonida belgilangan.

Unga koʻra:

31 avgust — olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;

1 sentyabrʻ — Mustaqillik bayrami kuni;

2 sentyabrʻ — koʻchirilgan dam olish kuni (bayram yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi sababli);

3 sentyabrʻ — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni.

4 sentyabrdan esa barcha xodimlar yana toʻliq ishga qaytadi.

Maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda darslar 4 sentyabrdan, oliy taʻʻlim muassasalarida esa 9 sentyabrdan boshlanadi.

Mavzuga aloqador