Tabiiy ofat tufayli mamlakatda 400 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasidan mahrum boʻldi. Tornado Arkanzas, Kentukki, Oklaxoma va Texas shtatlarida yuz bergan. Prezident Bayden, agar kerak boʻlsa, Qoʻshma Shtatlar yordam berishga tayyorligini aytdi.
Kentukki gubernatori Endi Besher matbuot anjumanida tabiiy ofat oqibatida shtatda besh kishi halok boʻlganini maʻʻlum qildi.
Shuningdek, rasmiylarning xabar qilishicha, Arkanzasda 8, Texasda 7 va Oklaxomada 2 kishi halok boʻlgan.
Bundan tashqari, mamlakatda 400 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasidan mahrum boʻlgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden X ijtimoiy tarmogʻidagi postida tabiiy ofatda halok boʻlganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Ichki xavfsizlik departamentining Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boʻyicha federal agentligi keltirilgan zararni baholadi, dedi u.
Prezident, agar kerak boʻlsa, Qoʻshma Shtatlar yordam berishga tayyorligini aytdi.

Mavzuga aloqador